ICHAK TUTILISHI BOR BOLALARDA PERIOPERATSION OQIBATLARNING ANESTEZIOLOGIK DЕТERMINANTLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Chaqaloqlar va yosh bolalarda ichak tutilishi yuqori perioperatsion asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lib, klinik natijalarga nafaqat xirurgik omillar, balki anesteziologik ta’minot va perioperatsion intensiv terapiya ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqsad. Ichak tutilishi bor bolalarda salbiy klinik natijalarning perioperatsion prediktorlarini aniqlash hamda anesteziologik boshqaruv strategiyalarini baholashdan iborat. Usullar. Retrospektiv kuzatuv tadqiqoti Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida o‘tkazildi. 0–3 yoshli, ichak tutilishi sababli shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan 99 nafar bolaning tibbiy hujjatlari tahlil qilindi. Demografik, klinik, anesteziologik va perioperatsion ko‘rsatkichlar baholandi. Salbiy klinik natijalarning mustaqil prediktorlarini aniqlash maqsadida binar logistik regressiya hamda ROC-tahlil qo‘llanildi. Natijalar. Salbiy klinik natijalar (og‘ir asoratlar va/yoki o‘lim) 34,3% bemorlarda kuzatildi. Operatsiya davomiyligi salbiy klinik natijaning mustaqil prediktori sifatida aniqlandi (OR=1,064 har bir daqiqa uchun; 95% ishonch oralig‘i 1,023–1,107; p=0,002). Kasalxonaga kech murojaat qilish (>24 soat) salbiy natija bilan chegaraviy bog‘liqlikni ko‘rsatdi (p=0,057). Regressiya modeli qoniqarli diskriminatsion qobiliyatga ega bo‘lib, ROC egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) 0,722 ni tashkil etdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, operatsiya davomiyligi salbiy klinik natijalarning mustaqil va ishonchli prediktori sifatida aniqlandi (OR=1,078; 95% CI: 1,028-1,131; p=0,002). Bu har bir qo‘shimcha operatsiya daqiqasi salbiy klinik natija rivojlanish ehtimolini o‘rtacha 7-8% ga oshirishini ko‘rsatadi. Bu esa operatsiya vaqtining uzayishi bilan bog‘liq metabolik buzilishlar va operatsiya stressining kuchayishi klinik natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini anglatadi. Shuningdek, kasalxonaga kech murojaat qilish (>24 soat) salbiy klinik natijalar xavfini sezilarli darajada oshiruvchi muhim omil sifatida qayd etildi (OR=9,20; 95% CI: 1,62-52,38; p=0,012). Bu natija kasallikning kech bosqichida tashxis qo‘yilishi, ichak ishemiyasi va infeksion-septik asoratlar xavfining ortishi bilan izohlanishi mumkin. Anesteziya turi, xususan multimodal anesteziya, ko‘p omilli model doirasida mustaqil statistik ahamiyatga ega bo‘lmadi (p=0,301). Xulosa. Perioperatsion omillar, ayniqsa operatsiya davomiyligi, bolalarda ichak tutilishida klinik natijalarni belgilashda muhim ahamiyatga ega. Kasalxonaga erta murojaat qilish va anesteziologik ta’minotni optimallashtirish klinik natijalarni yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Abdullajanov X.M., Salijanov N., Shuxratjanov M. Prognozirovanie rezultatov lecheniya novorojdennыx s vrojdyonnыmi porokami razvitiya jeludochno-kishechnogo trakta. Ekonomika i sotsium, №.4-1 (107), 2023, S. 391-399. Abdullajanov H.M., Salijanov N., Shukhratjanov M. Prognozirovanie resultatov lecheniya novorozdennyx s rojdyonnymi porokami razvitiya zheludochno-kishechnogo trakta. Economics and society, No. 4-1 (107), 2023, S. 391-399.

Aleksandrovich Yu.S., Pshenisnov K.V. Predoperatsionnaya podgotovka k anestezii u detey. Vestnik anesteziologii i reanimatologii. 2020;17(3):79-94.https://doi.org/10.21292/2078-5658-2020-17-3-79-94. Alexandrovich Yu.S., Pshenisnov K.V. Preoperatsionnaya podgotovka k anestezii u detey. Vestnik anesthesiologii i reanimatologii. 2020;17(3):79-94.https://doi.org/10.21292/2078-5658-2020-17-3-79-94

Anastasov AG, Щerbinin AV. Diagnostika i puti korreksii organnoy disfunksii u novorojdennыx s perforativnыm peritonitom. Rossiyskiy vestnik detskoy xirurgii, anesteziologii i reanimatologii. 2019;9(3):43-50. doi: 10.30946/2219-4061-2019-9-3-43-50. Anastasov AG, Shcherbinin AV. Diagnostika i puti korektsii organnoy disfunktsii u novorozhdennykh s perforativnym peritonitom. Rossiysky vestnik children's surgery, anesthesiology and resuscitation. 2019;9(3):43-50. doi: 10.30946/2219-4061-2019-9-3-43-50.

Budarova K. V., Shmakov A. N., Chekanov M. N., Vereщagin Ye. I., Peshkova I. V., and Polyakevich A. S. Prognozirovanie rezultatov lecheniya novorojdennыx s vrojdyonnыmi porokami razvitiya jeludochno-kishechnogo trakta. Eksperimentalnaya i klinicheskaya gastroenterologiya, №.6(190), 2021, pp. 96-103. Budarova K. V., Shmakov A. N., Chekanov M. N., Vereshchagin E. I., Peshkova I. V., and Polyakevich A. S. Prognozirovanie resultatov lecheniya novorozdennyx s rojdyonnymi porokami razvitiya zheludochno-kishechnogo trakta. Experimental and clinical gastroenterology, No. 6(190), 2021, pp. 96-103.

Adane F, Dessalegn M. Magnitude and predictors of unfavorable management outcome in surgically treated patients with intestinal obstruction in Ethiopia: a systematic review and meta-analysis. BMC Surg. 2023 May 16;23(1):132. doi: 10.1186/s12893-023-02017-3. PMID: 37193961; PMCID: PMC10189921.

Ali, I., Mufti, G.N., Bhat, N.A., Baba, A.A., Sheikh, K.A., Hamid, R., Khurshid, Z., Andrabi, F., Wani, S.A., Buchh, M., & Banday, S. (2018). Assessment of Predictors of Mortality in Neonatal Intestinal Obstruction. Journal of neonatal surgery, 7, 2-2.

Ammar S, Krichen E, Sellami I, Kolsi N, Rgaieg C, Kammoun M, Jarraya A, Bouraoui A, Hmida N, Zitouni H, Mhiri R. Early postoperative morbidity and mortality in neonatal intestinal obstruction: Predictors and challenges in a low-income country. J Neonatal Perinatal Med. 2025 Nov 3:19345798251394353. doi: 10.1177/19345798251394353. Epub ahead of print. PMID: 41185385.

Chen W, Xiao J, Yan J, Liu R, Yang J, Xiao Y, Xiang D, Yu M, Zhang S. Analysis of the predictors of surgical treatment and intestinal necrosis in children with intestinal obstruction. J Pediatr Surg. 2020 Dec;55(12):2766-2771. doi: 10.1016/j.jpedsurg.2020.07.017. Epub 2020 Jul 27. PMID: 32829882.

Huang P, Yang J, Zhao D, Ran T, Luo Y, Yang D, Zheng X, Zhou S, Chen C. Machine Learning-Based Prediction of Early Complications Following Surgery for Intestinal Obstruction: Multicenter Retrospective Study. J Med Internet Res. 2025 Mar 3;27:e68354. doi: 10.2196/68354. PMID: 40053794; PMCID: PMC11914837.

Ogundoyin OO, Olulana DI, Lawal TA, Ajao AE. Outcome of Management of Neonatal Intestinal Obstruction at a Tertiary Center in Nigeria. Niger J Surg. 2019 Jul-Dec;25(2):163-166. doi: 10.4103/njs.NJS_11_19. PMID: 31579370; PMCID: PMC6771179.

Otim P, Elobu EA, Mbiine R, Kakembo N, Komakech D. The etiological spectrum of bowel obstruction and early postoperative outcome among neonates at a tertiary hospital in Uganda. World J Pediatr Surg. 2022 Jul 8;5(4):e000377. doi: 10.1136/wjps-2021-000377. PMID: 36474742; PMCID: PMC9648575.

Tamirat A, Nigussie J, Biset G. Surgical outcome of pediatric intestinal obstruction in Amhara comprehensive specialized hospitals, September 2024. BMC Surg. 2025 Jun 5;25(1):245. doi: 10.1186/s12893-025-02975-w. PMID: 40468257; PMCID: PMC12139283.

Zouari M, Belhajmansour M, Hbaieb M, Rhaiem W, Louati H, Ben Kraiem N, Ben Dhaou M, Mhiri R. Risk factors for 30-day mortality in NICU patients undergoing surgery for intestinal obstruction. J Pediatr Surg. 2025 Aug 8:162511. doi: 10.1016/j.jpedsurg.2025.162511. Epub ahead of print. PMID: 40784573.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Toshboev Ш., & Ne’matova З. (2026). ICHAK TUTILISHI BOR BOLALARDA PERIOPERATSION OQIBATLARNING ANESTEZIOLOGIK DЕТERMINANTLARI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 5(1), 1178–1185. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-1-1178-1185
Ko'rishlar soni: 0