OQSIL VA ENERGIYA YETISHMOVCHILIGI BO’LGAN GO’DAKLARDA ANTROPOMETRIK KO’RSATKICHLAR DINAMIKASI

##plugins.themes.newtheme.fullText##

##plugins.themes.newtheme.article.abstract##

         Dolzarbligi. Oqsil-energiya yetishmovchiligi (OEY) – bu organizmda oqsil va energiya balansining buzilishi bo‘lib, u organizm funksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bolalarda o‘limga olib keluvchi og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. OEY bilan og‘rigan bolalarni aniqlash va xavf guruhidagi go’daklarni o‘z vaqtida samarali davolash va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish muhim vazifalardan biridir. Tadqiqot maqsadi. Oqsil-energiya yetishmovchiligi bilan og‘rigan go’daklarda asosiy antropometrik ko‘rsatkichlarni kliniko-anamnestik ma’lumotlar va patologiya darajasi bilan bog‘liq holda o‘rganish. Material va usullar. Tadqiqot Andijon shahridagi Ko‘p tarmoqli viloyat bolalar klinikasida olib borildi. Unda oqsil-energiya yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan 135 nafar bolaning antropometrik ko‘rsatkichlari patologiya darajasiga qarab tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari. Tadqiqotda turli darajadagi OEY bilan og‘rigan bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. 135 nafar bemor ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, qiz bolalar ulushi ko‘proq bo‘lib, asosan 7–12 oylik chaqaloqlarda uchradi. Tadqiqotda prеnatal va postnatal shakllar ajratilgan bo‘lib, ular klinik belgilariga ko‘ra farqlanadi. Prenatal shakllar ko‘pincha bachadondagi rivojlanishning orqada qolishi bilan bog‘liq bo‘lib, tana vazni, bo‘yi va ko‘krak qafasi aylanasida sezilarli farqlar kuzatiladi. Xulosa. Tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, antropometrik usullar OEYni tashxislash va davolashda muhim klinik ahamiyatga ega. OEYni o‘z vaqtida aniqlash va kompleks davolash choralari bolalarning sog‘lig‘ini yaxshilash, uzoq muddatli salbiy oqibatlarni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Antropometrik ko‘rsatkichlarni o‘rganish OEY tashxisi va davolash sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

##plugins.themes.newtheme.authorinfo##

##plugins.themes.newtheme.citations##

Mennitti, L.V.; Oliveira, J.L.; Morais, C.A.; Estadella, D.; Oyama, L.M.; Oller do Nascimento, C.M.; Pisani, L.P. Type of fatty acids in maternal diets during pregnancy and/or lactation and metabolic consequences of the offspring. J. Nutr. Biochem. 2019, 26, 99–111.

Black RE, Victora CG, Walker SP, Bhutta ZA, Christian P, de Onis M, et al. Maternal and child undernutrition and overweight in low-income and middleincome countries. Lancet. 2023; 382(9890):427–51.

Grey K, Gonzales GB, Abera M, Lelijveld N, Thompson D, et al. Severe malnutrition or famine exposure in childhood and cardiometabolic noncommunicable disease later in life: a systematic review. BMJ Global Health. 2021; 6(3):e003161.

Kirolos A, Goyheneix M, Kalmus Eliasz M, Chisala M, Lissauer S, et al. Neurodevelopmental, cognitive, behavioural and mental health impairments following childhood malnutrition: a systematic review. BMJ Global Health. 2022; 7(7):e009330.

Global Nutrition Report 2022, Guaideline, Elseiver [updated 2023/01/30/; cited 2023 27th January].

WHO. World Health Organization Expert Committee (1995) Physical status: the use and interpretation of anthropometry. Geneva. 1995 [cited 2020 27th January].

Damhuis SE, Ganzevoort W, Gordijn SJ. Abnormal Fetal Growth: Small for Gestational Age, Fetal Growth Restriction, Large for Gestational Age: Definitions and Epidemiology. Obstet Gynecol Clin North Am. 2021 Jun;48(2):267-279. [PubMed]

Kerac M, McGrath M, Connell N, Kompala C, Moore WH. ’Severe malnutrition’: thinking deeply, communicating simply. BMJ Glob Health. 2020; 5(11).

Briend A, Maire B, Fontaine O, Garenne M. Mid-upper arm circumference and weight-for-height to identify high-risk malnourished under-five children. Maternal & Child Nutrition. 2012;8.

World Bank: Prevalence of underweight, weight for age (% of children under 5) 2023 [updated 2023/01/30/; cited 2023 27th January].

##submission.howToCite##

OQSIL VA ENERGIYA YETISHMOVCHILIGI BO’LGAN GO’DAKLARDA ANTROPOMETRIK KO’RSATKICHLAR DINAMIKASI. (2025). Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 4(4), 1058-1062. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2025-4-4-1058-1062

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari


ISSN 2181-2926 (Online)