ENDOMETRIOZLARNI KLINIK – ANAMNESTIK O’ZGARIShLARI TAVSIFI
Abstrakt
Endometriozlar bilan kasallangan ayollarni 6-10%-ida, bepusht ayollarni esa 25-50%-ida, chanoq sohasidagi og’riq bo’lgan ayollarni 78-80%-ida kuzatiladi. Endometriozlarni yosharishi qayd etilmoqda, ya’ni endometriozlar tobora ko’proq yosh, tug’magan ayollarda, balog’at yoshidagi qizlarda aniqlanmoqda. Ishning maqsadi: Reproduktiv yoshdagi ayollarda boshqa ginekologik patologiyalarsiz xayz davrining proliferativ bosqichidagi adenomioz va tuhumdon endometriozida eutopik va ektopik endometriyning klinik xususiyatlarini aniqlash orqali endometriozlarni o’ziga xosligini o’rganish. Material va uslublar: Ushbu tadqiqotda 2019-2022 yillar mobaynida 80ta gisterektomiya tashrixi bajarilgan va 20ta boshqa sabablar bo’yicha (nazorat guruhi) bachadon amputastiya qilingan bemor ayollar kasallik tarixlari va bioptat materiallari retrospektiv tahlil qilindi. Retrospektiv tahlillarda anamnestik ma’lumotlari (irsiy va oilaviy anamnezi), shikoyatlari, generativ funkstiyasi, somatik patologiyalari, ginekologik kasalliklari va bajarilgan tashrixlar o’rganildi. Ushbu tadqiqotda 2019-22 yilda AVPAB tekshirilgan 80ta adenomioz va tuhumdonlar endometrioz bilan operativ davolangan bemorlarni kasallik tarixlarini klinik anamnestik taxlillari o’rganilgan, bunda ko’proq hayz ko’rishning uzayishi (41,3%), dismenoreya (65%), birlamchi bepushtlik (63%) kuzatildi. Kasallikning I-II bosqichlarida jinsiy yo’l bilan yuqadigan infekstiyalar (50%) va chanoq sohasi a’zolarining oldin o’tkazilgan yallig’lanish kasalliklari (50%) muhim ahamiyatga ega bo’lishi qayd etildi.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Адамян Л.В., Андреева Е.Н. Эндометриоз. vol. 2. Гинекология: 2005.
Баскаков В.П., и др. Эндометриоидная болезнь. -СПб.: ООО «Издательство Н-Л»: 2002.
Слюсарь Н.Н., и др. Новые данные о патогенезе внутреннего эндометриоза. vol. 162. 1993.
Barbieri R.L. Etiology and epidemiology of endometriosis. AmJ Obstet Gynecol 1990;162:565–7.
Schmidt С. Endometriosis: Pathogenesis and Treatment. Fertil Steril n.d.;53:407–10.
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.