COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA TUG‘MA YURAK NUQSONI BILAN TUG‘ILGAN CHAQALOQLARNING RETROSPEKTIV TAXLILI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Xulosa: Ushbu pandemiya davrida tug‘ma yurak nuqsoni (TYUN) bilan tug‘ilgan 60ta chaqaloqning rivojlanish tarixi retrospektiv taxlil qilingan bo‘lib, TYUNning uchrashi va klinik kechish xususiyatlari o‘rganilgan. Maqsad: pandemiya davrida tug‘ma yurak nuqsonining uchrashi va klinik kechish xususiyatlari o‘rganish. Material va metodlar:ilmiy izlanish Buxoro davlat tibbiyot institutining pediatriya kafedrasi va Buxoro shaxar tug‘ruq kompleksida olib borilgan. 2019–2020yillarda TYUN bilan tug‘ilgan 33ta chaqaloqning rivojlanish tarixi retrospektiv taxlil qilingan. TYUN bilan tug‘ilgan barcha chaqaloqlarda quyidagi tekshirishlar olib borilgan: umumiy klinik ko‘rik, klinik-laborator (umumiy qon taxlili kengaytirilgan leykoformula bilan, yallig‘lanish markerlari — SRO, prokalsitonin, interleykin-1 va 6, sARs-Cov-2  Ig M, G), instrumental tekshirishlar (ko‘krak qafasi rentgenogrammasi EKG, ExoKG). Natijalar va muhokamalar: taxlil natijalariga ko‘ra, TYUN bilan  22-37haftada tug‘ilganlar 38%, 38-42 haftada tug‘ilganlar 50%ni, 42 va undan keyin tug‘ilgan chaqaloqlar 12%ni tashkil etdi. 33ta TYUN bilan tug‘ilganlar orasida qorinchalararo to‘siq  nuqsoni bilan 18ta (52,9 %), bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni 8ta (23,5 %),  ochiq arterial yo‘l 6ta (17,6 %), qorinchalararo to‘siq  nuqsoni bilan ochiq arterial yo‘lning birga ko‘rinishi 1ta (2,9 %) va juda kam foizni tashkil qilgan yurakning boshqa nuqsonlari: bo‘lmachalararo to‘siq nuqsonining o‘pka arteriyasi stenozi bilan birga kelishi, izolyasiyalangan o‘pka arteriyasi stenozi, tetrada Fallo va  aorta klapani stenozi— 0,3  %ni tashkil etdi. Xulosa: CovID-19 bilan muloqotda bo‘lgan homiladorlardan tug‘ilgan chaqaloqlarda TYUN o‘tkir kardit va multitizimli yallig‘lanish sindromi bilan kechish xavfi juda yuqori.

Adabiyotlar ro'yxati

Statistical bulletin: deaths registered in England and Wales 2014.

Sharifovna CD. MEDICAL AND SOCIAL PROBLEMS OF THE DEVELOPMENT OF CONGENITAL MALFORMATIONS DURING THE PANDEMIC. Вестник науки и образования 2020:57–61.

Pirnazarova G.Z. The incidence of congenital heart defects in children according to hospitalization data. european science 2020;1:63–5.

Edwin F, Zühlke L, Farouk H, Mocumbi AO, Entsua-Mensah K, Delsol-Gyan D, et al. Status and Challenges of Care in Africa for Adults With Congenital Heart Defects. World J Pediatr Congenit Heart Surg 2017;8:495–501. https://doi.org/10.1177/2150135117706340. DOI: https://doi.org/10.1177/2150135117706340

Monney P, Stalder N, Clair M, Bouchardy J, Vogt P, Schwitter J, et al. IRM cardiaque dans le suivi des cardiopathies congénitales à l’âge adulte. Rev Med Suisse 2011;297:1194–9.

Бокерия Л.А. Клинические рекомендации по ведению детей с врожденными пороками сердца. М НЦССХ им АН Бакулева 2014:342.

Petrenko Yu.V., Lyapunova A.A., Fedoseeva T.A. Diagnostics and tactics of management of congenital heart defects in the neonatal period. Клрек 2016.

N.K. K. PREVALENCE OF CONGENITAL HEART DEFECTS IN CHILDREN IN THE REPUBLIC OF TAJIKISTAN (ACCORDING TO THE CARDIORHEUMATOLOGY DEPARTMENT. Bulletin of the Ivanovo Medical Academy 2021;26:66–7. DOI: https://doi.org/10.52246/1606-8157_2021_26_1_66

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Gulnoz Ю., Shokhida Х., & Dilorom Б. (2023). COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA TUG‘MA YURAK NUQSONI BILAN TUG‘ILGAN CHAQALOQLARNING RETROSPEKTIV TAXLILI . Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 2(9), 325–329. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2023-2-9-325-329
Ko'rishlar soni: 47