BOLALAR VA O’SMIRLARDA PERIFERIK LIMFADENOPATIYANI DIAGNOSTIKASINING O‘ZIGA XOS XUSUSITYALARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Limfadenopatiya (LAP) - limfa tugunlarining bir yoki bir nechta guruhining (LT) kattashuvi bilan kechuvchi xastalik xisoblanadi. Bu kasallik katta yoshli kishilar bilan bir qatorda yosh bolalarda ham  kuzatiladi va diagnostik va davolash uchun o‘ziga xos usullarni talab etadi. Shunday ekan ushbu maqolada 5-17 yoshlilarda limfadenopatiyani uchrashi va unga sabab bo‘luvchi omillarni 210 nafar bemorlarda o‘rganilgan va tadqiqot natijalari  keltirilgan.  Bolalarda  limfadenopatiya kasalligini  keltirib chiqaruvchi 11 omil keltirilib ularni tashxislash uchun aniq ko‘rsatmalar berilgan.


Tadqiqot maqsadi: Bolalarda limfadenopatiya kelib chiqishiga olib keluvchi omillarni ta’sirini o‘rganish va uni diagnostikasini o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish.


  Tadqiqot materiallari va usullari: Ishda anamnestik,  laboratoriya, instrumental, biokimyoviy va statistik ma'lumotlardan foydalanilgan. Bolalarda   imfadenopatiya holatlarini baholash uchun  210 nafar bolalar tekshirildi. Birinchi bosqichda qo'shilish mezonlari: 5 yoshdan 17 yoshgacha bo’gan imfadenopatiya bilan ADTI klinikasi va MK med klinikasiga 2020-2023 yillar davomidagi tibbiy kartalar o’rganildi. Ikkinchi bosqichda limfadenopatiya  aniqlangan 210 nafar 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tekshiruv natijalari tahlil qilindi.  Bularning 98 nafari qiz bolalar 112 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil qildi. Shundan maxalliy LAP bilan og‘rigan bolalar 178 ta (85 %)   kopbinatsiyalangan  LAP bilan 28 ta (13% ), generalizatsiyalangan LAP 4 ta (2%) ni tashkil qildi.


Natijalar va uni muhokamalar. Bizning kuzatuvimizagi bemorlarni limfa tugunini kattalashish darajasi bo‘yicha quyidagi  ko‘rsatkichlar aniqlandi:  I darajali LAP bilan 18 ta (8,5%),  II daraja LAP bilan 94 ta (44,7%),  III darajada LAP bilan 97 ta (46,1%). Atigi 1 ta (0,5%) xolatda gigant LAP kuzatildi. Otorinoloringolog shifokor tomonidan tibbiy masxalat uchun yuborilgan nospetsifik  bakterial infeksiya bilan og‘rigan bolalar soni: 26 ta (12,3%), odontogen nospetsifik  bakterial infeksiya bilan bog‘rigan bolalar soni: 21 ta (10%), jami 51 ta (24,2%) xolatda aniqlangan.  Spetsifik bakterial LAP 4 ta (1,9%) bolalarda aniqlandi. Virus etiologiyali LAP bilan og‘rigan bolalar soni bir muncha yuqori ko‘rsatgichlarni egalladi, masalan: Sitomegalovirus (SMV) 14 ta (6,6%), gepres 18 ta (8,5%), SMV  va  gepres virusining  birga kelishi natijasidagi LAP 47 ta (2,3%) xolatda qayd etildi, OITS (orttirilgan immun tanqislik sindrom) bilan zararlanish natijasidagi LAP atigi 1 ta (0,5%)  xolatda aniqlandi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

National clinical guidelines for the diagnosis of lymphadenopathies, 2018. — URL: https://npngo.ru/uploads/media_ document/281/1f167737-5f09-47d7-a25b-c43b0cfe916e.pdf

Naumova A.S., Tiganova O.A., Ilyenko L.I. Peripheral lymphadenopathy in children: an oncologist's view // Moscow Medicine. — 2020. — No. 1 (35). — P. 57–63.

Miranovich S.I., Cherchenko N.N., Glinnik A.V., Samsonov S.V. Differential diagnostics of maxillofacial lymphadenopathies // Modern dentistry. — 2018. — No. 1. — P. 9–14.

Mishin K.I., Naletov A.A. Lymphadenopathy in children: differential diagnostics // Academic Journal of Western Siberia. — 2019. — Vol. 15, No. 5 (82). — P. 46–48.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Suyunov , D. ., & Pakirdinov , A. . (2024). BOLALAR VA O’SMIRLARDA PERIFERIK LIMFADENOPATIYANI DIAGNOSTIKASINING O‘ZIGA XOS XUSUSITYALARI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 3(7), 658–661. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2024-3-7-658-661
Ko'rishlar soni: 0