SPORT BILAN SHUG‘ULLANUVCHI O‘QUVCHI – O‘SMIR QIZLARNING JISMONIY RIVOJLANISHI VA YETUKLIK DARAJASINI KO‘RSATKICHLARI
Abstrakt
Tadqiqotda sport bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi -qizlar va o‘smir qizlarning jismoniy rivojlanishi va yetuklik darajasini baholashga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi sportning yoshlar jismoniy rivojlanishiga va ularning umumiy yetuklik darajasiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotda turli yoshdagi o‘quvchi-qizlar va o‘smir qizlar ishtirok etdi va ularning jismoniy ko‘rsatkichlari va yetuklik darajalari o‘rganiladi. Tadqiqot maqsadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi sport bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi- o‘smir qizlarning jismoniy rivojlanishi va yetuklik darajasini baholashdan iborat. Material va usullari: sifatida Andijon viloyatining 2 ta sport maktabi, 1 ta o‘rta maktabi, 2 ta kollejida 2019-2022 yillar oralig‘ida taxsil oluvchi 2001 nafar sport bilan shug‘ullanuvchi 11 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-qizlar va o‘smir qizlar olindi. Tadqiqot predmeti sifatida jismoniy rivojlanishni yetukligini ifodalochi antropometrik indekslar ya’ni, Brugsh indeksi, Erisman indeksi, Brok indeksi gemodinamik, Livi indeksi, Tana vazni indeksi yana bir yetuklik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich – bel aylanasini/son aylanasiga nisbati ko‘rsatkichlar va Tanner bo`yicha ikkilamchi jinsiy rivojlanish haqidagi ma’motlar natijalari olingan. Tadqiqot natijalari. Tadqiqot guruxlarida o‘quvchi- o‘smir qizlar jismoniy rivojlanishi/yetukligining indeks ko‘rsatkichlari o‘rganildi va aniqlandi (1 – jadval va ilovadagi 2 – rasmda taxliliy natijalar keltirilgan). Jismoniy rivojlanish yetukligi ifodalanib ko‘rsatuvchi Brugsh indeksi o‘rganilgan qizlarda quyidagilarda aniqlandi: asosiy guruhda – 46,07 ± 6,10, qiyosiy guruhda – 45,08 ± 5,10 va nazorat guruhida – 47,99 ± 6,29 dan ifodalangan holda [R1-2 ˂0,05; R1-3 ˂0,001; R2-3 ˂ 0,001]. Xulosa. O‘quvchi-qizlar va o‘smir sportchi qizlarning yetukligi va yoshiga xamda maxorati darajasiga muvofiqligini baholab borishda ushbu qayd qilingan ma’lumotlar muhim o‘rin tutadi. Ularni vaqtida korreksiyalash-reproduktiv va somatik o‘tkir xamda surunkali kasalliklarni profilaktikasida, davolash tadbirlarini o‘tkazishda salmoqli ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Bazovaya M.Yu., Kruglova I.V., Dodonov S.V., Kravchuk D.A. Features of physiological adaptation and hormonal status in female athletes // physical therapy and sports medicine. 2018.-No. 1(145). - P.33.
Bakuleva D.S. Sports injury as a source of meaning for higher achievements and the sports profession // In the collection: Resources of competitiveness of athletes: theory and practice of implementation. 2018. -№1-P.24.
Bazanovich S.A., Zholinsky A.V., Kruglova I.V., Ogannisyan M.G. and others. Assessment of the distinctive features of physical development of high-level Olympic athletes // Physical therapy and sports medicine. 2019. - No. 2 (152). – P.35.
Bondarev S.A., Smirnov V.V., Medvedev D.S., Vorobtsova I.N. The main pathogenetic factors in the development of polycystic ovary syndrome in athletes // Physical therapy and sports medicine. 2019. - No. 2 (152) - pp. 11-18.
Barshak S.I. Features of the influence of factors of long-distance air travel on the health status of high-class athletes // Physical therapy and sports medicine. 2020. - No. 1. P.35-39.
Barshak S.M., Galaktionova N.M., Gushchin V.I., Zholinsky A.V., et al. Features of medical and psychological support for athletes of Russian national teams in the context of counteracting coronary virus infection COVID - 19 // Medical physical education and sports medicine. 2020. - No. 3 (157). P. 16.
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.