BOLALARDA SEMIZLIKNING TIPIGA KO‘RA GEPATOBILIAR TIZIMDA KUZATILADIGAN PATOLOGIK HOLATLAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligining tarqalishi, semizlik global epidemiyasi kabi tarqalib borayotganligi va ancha ertaroq yoshda aniqlanayotganligi hamda patogenetik jihatdan lipid almashinuvi patologiyasi bilan bog‘liq. Tekshirish materiallari va usullari: ekzogen - konstitusional semizligi bo‘lgan 96 nafar bola tekshirildi, ular 2 guruhga bo‘lindi. 1 - guruh teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo‘lgan  va 2 guruh abdominal semizligi bo‘lgan, hamda 44 nafar tana vazni normal bo‘lgan shartli sog‘lom bo‘lgan bolalar. Lipid almashinuvi tekshirildi, jigarning ul'tratovushli tekshiruvi o‘tkazildi. Natijalar: semizligi bo‘lgan bolalarda JAYoK 50,0%, visseral semizligi bo‘lgan bolalarda esa 65,9% aniqlandi. Gepatositlarning yog‘ infil'tratsiyasi 16-18 yoshdagi abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda ko‘proq aniqlanadi (100%). semizligi bo‘lgan o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan steatoz erta shakllanishi va yaqqol rivojlangan lipid almashinuvi buzilishlari fonida kechishi aniqlandi. JAYoKda jigar parenximasidagi struktur o‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida o‘zgarmagan parenxima fonida turli o‘lchamdagi, yog‘ distrofiyasi tipidagi va steatogepatit ko‘rinishidagi o‘zgarishlar, diffuz-o‘choqli jarayonlar rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Xulosa. Turli tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarga o‘z vaqtida, buzilishlarni aniqlash va gepatobiliar tizim kasalliklari  va gormonal - metabolik buzilishlarni almashinuv-yallig‘lanishli rivojlanishi xavfini kamaytirish maqsadida kompleks diagnostik va davo-profilaktik choralar o‘tkazilishi talab etiladi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Panasenko L.M., Nefedova Zh.V., Kartseva T.V., Cherepanova M.I. The role of obesity in the development of metabolic syndrome in children. Ros Vestn Perinatol i Pediatr 2020; 65:(2): 125–132. DOI: 10.21508/1027–4065–2020–65–2–125–132 DOI: https://doi.org/10.21508/1027-4065-2020-65-2-125-132

Higgins V., Adeli K.. Pediatric metabolic syndrome: pathophysiology and laboratory assessment. EJIFCC 28(1), 25–42 (2017)

Suplotova L.A., Avdeeva V.A., Rozhinskaya L.Ya. On the issue of pathogenetic mechanisms of the influence of obesity on vitamin D levels // Obesity and Metabolism. – 2021. – Vol. 18. – No. 2. – P. 169-174. doi: https://doi.org/10.14341/omet12578. DOI: https://doi.org/10.14341/omet12578

Pigarova EA, Dzeranova LK. Obesity, diabetes mellitus, and vitamin D // Obesity and metabolism. - 2024. - Vol. 21. - No. 3. - P. 316-324. doi: https://doi.org/10.14341/omet13161 DOI: https://doi.org/10.14341/omet13161

Pigarova EA, Dzeranova LК, Yatsenko DA. Absorption and metabolism of vitamin D in health and in gastrointestinal tract diseases. Obesity and metabsm. 2022;19(1):123-133. doi: https://doi.org/10.14341/omet12835 DOI: https://doi.org/10.14341/omet12835

Nimitphong H, Guo W, Holick MF, Fried .K, Lee M. Vitamin D Inhibits Adipokine Production and Inflammatory Signaling Through the Vitamin D Receptor in Human Adipocytes. Obesity. 2021;29:562–568. doi: https://doi.org/10.1002/oby.23109 DOI: https://doi.org/10.1002/oby.23109

World Health Organisation. WHO Child growth standards: Methods and development. Geneva: WHO; 2017

Peterkova AV, Bezlepkin OB, Vasyukova OV, et al. Obesity in children. Clinical guidelines. Moscow: Ministry of Health of the Russian Federation; 2021. 77 p.

Bolotova N. V. et al. Use of transcranial magnetic therapy in combination with electrical stimulation in the correction of neuroendocrine-immune disorders in obese boys.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Turaeva Д., & Garifullina Л. (2025). BOLALARDA SEMIZLIKNING TIPIGA KO‘RA GEPATOBILIAR TIZIMDA KUZATILADIGAN PATOLOGIK HOLATLAR. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 4(2), 972–978. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2025-4-2-972-978
Ko'rishlar soni: 0