CHUQUR CHALA TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR RESPIRATOR DISTRESS SINDROMIDA BUYRAK USTI BEZINING PATOMOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqola respirator distress-sindromi (RDS)da chuqur chalalik bilan tugʻilgan chaqaloqlarning buyrak usti bezlari patomorfologiyasiga bagʻishlangan. Ishning maqsadi: RDSga chalingan chaqaloqlarda buyrak usti bezlarining patomorfologik oʻzgarishlarini oʻrganish va kasallikning kechishiga ta‘sirini baholash. Materiallar va usullar: tadqiqotda 0–7 va 8–28 kun ichida vafot etgan chuqur chala tugʻilgan chaqaloqlardan olingan buyrak usti bezi namunalari tahlil qilindi. Gistologik tahlillar standart boʻyash usullari (gematoksilin-eozin va Sudan III) orqali amalga oshirildi. Morfometriya orqali tuzilma parametrlari baholandi. Natijalar va muhokamalar: RDSga chalingan chuqur chala tug‘ilgan chaqaloqlarda quyidagi oʻzgarishlar aniqlandi: a) Kortikal qavatning atrofiyasi: fassikulyar va retikulyar zonalari qavati pasaygan, bu glyukokortikoidlar sintezi kamayganligini koʻrsatadi;b) hujayraviy degradasiya: apoptoz va nekroz darajasi oshgan, bu gipoksiya oqibatida hujayralar zararlanishini koʻrsatadi; c)tomir oʻzgarishlari: venoz toʻlishi, shish va parenximada nuqtali qon chiqish holatlari; d) lipid miqdorining kamayishi: lipid vakuollari sezilarli darajada qisqargan, bu steroidogenezning buzilishini aks ettiradi. Ushbu oʻzgarishlar buyrak usti bezi faoliyatining jiddiy buzilishini koʻrsatadi va RDS ogʻirligini kuchaytiradi. Xulosalar: oʻta chala tugʻilgan chaqaloqlarda RDS holatida boʻyrak usti bezlaridagi oʻzgarishlar kortikal qavat atrofiyasi, hujayraviy degradasiya, tomir oʻzgarishlari va lipid kamayishini oʻz ichiga oladi. Bu oʻzgarishlar bez funksiyasini sezilarli darajada zaiflashtiradi. Tadqiqot natijalari boʻyrak usti bezlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi davolash usullarini ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

AXMEDOVA G., ZARIPOV B., ZUBTIYEV S. COVID-19DAN TIKLANISH DAVRIDA QONDAGI METABOLIZM KO‘RSATCHILARINING O ‘ZIGA XOSLIGI //News of the NUUz. – 2024. – Т. 3. – №. 3.1. 1. – С. 39-42.

Allaberganov D., Zubtiyev S. SPECIFIC PATHOMORPHOLOGY OF LIVER TISSUE IN NEONATAL SEPSIS //Talqin va tadqiqotlar. – 2023. – Т. 1. – №. 7.

Avery M.E., Mead J. Surface properties in relation to atelectasis and hyaline membrane disease. AMA J Dis Child. 2019.

Ballard P.L., Ballard R.A. Scientific basis and therapeutic regimens for surfactant replacement therapy in neonatal respiratory distress syndrome. Eur J Pediatr. 2015.

Schindler T., Koller-Smith L., Lui K., Bajuk B. Gender differences in outcomes of premature infants: Australia and New Zealand Neonatal Network. Arch Dis Child Fetal Neonatal Ed. 2017.

Summers C. Addressing the inequity of acute respiratory distress syndrome. Lancet Respir Med. 2023; 11(2): 119-121, doi: 10.1016/S2213-2600(22)00352-6

Gragossian A., Siuba M.T. Acute Respiratory Distress Syndrome. Emerg Med Clin North Am. 2022; 40(3): 459-472, doi: 10.1016/j.emc.2022.05.002

Reisch N. et al. Total adrenal volume but not testicular adrenal rest tumor volume is associated with hormonal control in patients with 21-hydroxylase deficiency // J. Clin.Endocrinol. Metab. 2010. Vol. 95, № 5. P. 2065–2072.

Tursunov Kh. Z., Karataeva L. A. Syndrome of respiratory distress in newborns and its prognosis aspect //Central Asian Journal of Medical and Natural Science. – 2022. – Т. 3. – №. 5. – С. 348-354.

Khoshimov N. N. et al. Investigation of the effect of polyphenol euphorbin on the transport of L Glutamate and calcium channels to synaptosomes of rat brain //European Journal of Medicine. – 2018. – №. 6. – С. 72-82.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Zubtiyev С. (2025). CHUQUR CHALA TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR RESPIRATOR DISTRESS SINDROMIDA BUYRAK USTI BEZINING PATOMOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 4(1), 782–784. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2025-4-1-782-784
Ko'rishlar soni: 0