BOLALARDAGI GIPOKSIYA VA UNING METABOLIZMAGA TA’SIRI
Abstrakt
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ortiqcha vaznli va semiz bolalar soni ortib bormoqda, bu esa sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy tahdid solmoqda. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, noto'g'ri ovqatlanish va homilaichi gipoksiyasi homilada neyroendokrin mexanizmining regulyasiyasiga ta'sir qilishi mumkin. Tadqiqot maqsadi. Gipoksiyani boshdan kechirgan bolalarda metabolik buzilishlarning asosiy xavf omillarini o'rganish. Materiallar va usullar. Tadqiqotda ekzogen konstitutsiyaviy semizlik va arterial gipertenziya bilan og'rigan 55 nafar o'smir ishtirok etdi. Ishtirokchilar tana massasi indeksi (TMI) va bel atrofi aylanasi 97 foizdan oshganini hisobga olgan holda tanlandi. Qon zardobidagi umumiy xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar darajasini aniqlash fermentativ usulda, triglitseridlar konsentratsiyasi esa modifikasiyalangan Gotfrid va Rozenberg usuli bo‘yicha kolorimetrik usulda aniqlandi. Tadqiqot natijalari va ularni muhokama qilish. Tekshirilayotgan bolalarda TMI 97 foizdan oshdi, o'rtacha 31,27 ± 0,51 kg / m² (23,5-47,2 kg / m²). I guruhda o'rtacha TMI 28,85 ± 0,52 kg / m² va II guruhda 35,37 ± 0,63 kg / m² (P <0,01) ni tashkil etdi. Lipid profili parametrlari semizlik aniqlangan bemorlarda sezilarli og'ishlarni ko'rsatdi. I, IIA va IIB guruhlaridagi bolalarning 29,4%, 30% va 38,8% triglitseridlar darajasi normadan oshdi. O'rtacha glyukoza miqdori normal oraliqda qoldi (p<0,05), ammo insulinrezistentlik aniqlandi. Ochlikdagi glikemiya kontsentratsiyasi (p<0,05) nazorat guruhidagi qiymatlardan sezilarli darajada yuqori edi va semirishning rivojlanishi bilan ortdi. 1, 2a va 2b guruhlaridagi bolalarning 17,6%, 20% va 27,7% da ochlikdagi glyukoza darajasining oshishi kuzatildi. Xuddi shunday, bolalarning 5,8%, 15% va 22,2% da postprandial glikemiyaning ko'payishi aniqlandi. Xolesterin fraktsiyalarini o'rganishda ularning darajasi 3,04±0,23, 3,66±0,18 va 4,14±0,39 mmol/l bo'lgan. Ko'tarilgan qiymatlar 29,4%, 35% va 44,4% bolalarda qayd etilgan. Tadqiqotlar 1, 2a va 2b guruhlaridagi tekshirilgan bolalarning mos ravishda 17,6%, 25% va 22,2% da yuqori zichlikdagi lipoproteinlar darajasining pasayishini aniqladi. Xulosa. Bolani tug'ilishdagi tana vazni va o'smirlik davrida tana massasi indeksi teskari korrelyatsiyaga ega ekanligi aniqlandi va kam vazn bilan tug’ilish kelajakda semizlik va metabolik sindromning prediktori sifatida ahamiyatga ega. Natijalar xavf omillarini erta aniqlash va korreksiyalash, shu jumladan hayotning birinchi kunlaridan boshlab vaznni nazorat qilish muhimligini ko’rsatadi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Gritsinskaya V.L., Novikova V.P., Khavkin A.I. On the epidemiology of obesity in children and adolescents (a systematic review and meta-analysis of scientific publications over a 15-year period) // Issues of Practical Pediatrics. 2022. Vol. 17. No. 2. P. 126–135.
Martynova I.N., Vinyarskaya I.V., Terletskaya R.N., et al. Issues of true incidence and prevalence of obesity among children and adolescents // Russian Pediatric Journal. 2016. No. 1. P. 25–30.World Health Organization. Noncommunicable Diseases Progress Monitor. 2022. 233 p.
Twig Gilad, Yaniv Gal, Levine Hagai, Leiba Adi, Goldberger Nehama, Derazne Estela, Ben-Ami Shor Dana, Tzur Dorit, Afek Arnon, Shamiss Ari, Haklai Ziona, Kark Jeremy D.. Body-Mass Index in 2.3 Million Adolescents and Cardiovascular Death in Adulthood. New England Journal of Medicine. 2016 Apr;374(25):2430–2440.
Franks Paul W., Hanson Robert L., Knowler William C., Sievers Maurice L., Bennett Peter H., Looker Helen C.. Childhood Obesity, Other Cardiovascular Risk Factors, and Premature Death. New England Journal of Medicine. 2010 Feb;362(6):485–493.
Ward Zachary J., Bleich Sara N., Cradock Angie L., Barrett Jessica L., Giles Catherine M., Flax Chasmine, Long Michael W., Gortmaker Steven L.. Projected U.S. State-Level Prevalence of Adult Obesity and Severe Obesity. New England Journal of Medicine. 2019 Dec;381(25):2440–2450.
Frühbeck Gema, Busetto Luca, Dicker Dror, Yumuk Volkan, Goossens Gijs H., Hebebrand Johannes, Halford Jason G.C., Farpour-Lambert Nathalie J., Blaak Ellen E., Woodward Euan, Toplak Hermann. The ABCD of Obesity: An EASO Position Statement on a Diagnostic Term with Clinical and Scientific Implications. Obesity Facts. 2019 Mar;12(2):131–136.
World Health Organization. Report on the fifth round of data collection, 2018–2020: WHO European Childhood Obesity Surveillance Initiative (COSI). 2022. 70 r.
Juonala Markus, Magnussen Costan G., Berenson Gerald S., Venn Alison, Burns Trudy L., Sabin Matthew A., Srinivasan Sathanur R., Daniels Stephen R., Davis Patricia H., Chen Wei, Sun Cong, Cheung Michael, Viikari Jorma S.A., Dwyer Terence, Raitakari Olli T.. Childhood Adiposity, Adult Adiposity, and Cardiovascular Risk Factors. New England Journal of Medicine. 2011 Nov;365(20):1876–1885. doi: 10.1056/nejmoa1010112.
Bjerregaard Lise G., Jensen Britt W., Ängquist Lars, Osler Merete, Sørensen Thorkild I.A., Baker Jennifer L.. Change in Overweight from Childhood to Early Adulthood and Risk of Type 2 Diabetes. New England Journal of Medicine. 2018 Apr;378(14):1302–1312. doi: 10.1056/nejmoa1713231.
Lavelle H. V., Mackay D. F., Pell J. P.. Systematic review and meta-analysis of school-based interventions to reduce body mass index. Journal of Public Health. 2012 Jan;34(3):360–369. doi: 10.1093/pubmed/fdr116.
Sidorov A.V. Tipologiya psikhologicheskikh osobennostei patsientov s alimentarnym ozhireniem // Psikhologicheskie issledovaniya. — 2012. — T. 5. — №21. — S. 10.
Peterkova A.V., Bezlepkina O.B., Vasyukova O.V., i dr. Ozhirenie u detei. Klinicheskie rekomendatsii. — M.: Ministerstvo zdravookhraneniya Rossiiskoi Federatsii; 2021.
Pyr'eva E.A., Gmoshinskaya M.V., Safronova A.I., i dr. Zdorovoe pitanie shkol'nika. Posobie dlya roditelei. — M.: FGBUN «FITs pitaniya i biotekhnologii»; 2021.
Pavlov Valentin A., Tracey Kevin J.. The vagus nerve and the inflammatory reflex—linking immunity and metabolism. Nature Reviews Endocrinology. 2012 Nov;8(12):743–754. doi: 10.1038/nrendo.2012.189.
WHO Regional Office for Europe. Growing Up Unequal: Gender and Socioeconomic Differences in Young People’s Health and Well-being—Health Behaviour in School-aged Children (HBSC) Study: International Report from the 2013/2014. Survey Copenhagen: WHO Regional Office for Europe; 2015.
WHO. Guidelines on physical activity, sedentary behavior and sleep for children under 5 years of age. Geneva: World Health Organization; 2019.
Ibatova Shoira Mavlanovna, Ergashev Abdurashid Khursandovich, Mamatkulova Feruza Khamidovna, Rakhmonov Yusuf Abdullayevich, Turaeva N.Y.Risk factors for the development of obesity in children. E3S Web of Conferences. Volume 491, 2024. P.1-5.
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.