SEMIZLIK BO‘LGAN BOLALARDA VITAMIN D NING KO‘LLANILISHI, UNING LIPID VA UGLEVOD ALMASHINUVIGA TA'SIR QILISH SAMARASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada semizlik bilan og‘rigan bolalarda vitamin D ni qo‘llaganda klinik ko‘rinishdagi dinamik o‘zgarishlar, shuningdek, uglevod va lipidlar almashinuvi natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalari markaziy tuman birlamchi tibbiy-sanitariya poliklinikalari umumiy amaliyot shifokorlarining amaliy faoliyatiga keng joriy yetish uchun tavsiya yetilgan. Tadqiqot maqsadi: D vitaminining differensial dozalarini qo‘llagan holda bolalarda abdominal semizlikni davolash sxemasini optimallashtirish. Materiallar va usullar: abdominal semizlik bo‘lgan 30 nafar bola dinamik kuzatuvdan o‘tkazildi. Uglevod va lipid almashinuvi darajasini, shuningdek  vitamin  D darajasini aniqlash uchun antropometrik, klinik va biokimyoviy tadqiqotlar  o‘tkazildi. Abdominal  semizlikni kompleks davolashda  vitamin D ning differensial dozalarini qo‘llash samaradorligi baholandi. Tadqiqot natijalari: Semizlik darajasiga qarab vitamin D ning differensiallashgan dozalarini qo‘llash kasallikning klinik ko‘rinishini yaxshilashga yordam berganligi, TMI, SDS bo‘yicha TMI ning ijobiy dinamikasi tendensiyasi xamda BA va buksa aylanasi  nisbatining ishonchli yaxshilanganligi aniqlandi. Shuningdek, vitamin D ni qo‘llash  uglevodlar va lipidlar almashinuvi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga hissa qo‘shdi, bu abdominal semizlik bo‘lgan bolalarda komorbid patologiya hamda metabolik sindrom rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Xulosa: semizlik darajasiga qarab  abdominal semizlik bo‘lgan bolalarda kompleks davolashning bir qismi sifatida vitamin D ni  dozalab  yuborish muhim hisoblanadi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Panasenko L.M., Nefedova Zh.V., Kartseva T.V., Cherepanova M.I. The role of obesity in the development of metabolic syndrome in children. Ros Vestn Perinatol i Pediatr 2020; 65:(2): 125–132. DOI: 10.21508/1027–4065–2020–65–2–125–132 DOI: https://doi.org/10.21508/1027-4065-2020-65-2-125-132

Higgins V., Adeli K.. Pediatric metabolic syndrome: pathophysiology and laboratory assessment. EJIFCC 28(1), 25–42 (2017)

Suplotova L.A., Avdeeva V.A., Rozhinskaya L.Ya. On the issue of pathogenetic mechanisms of the influence of obesity on vitamin D levels // Obesity and Metabolism. – 2021. – Vol. 18. – No. 2. – P. 169-174. doi: https://doi.org/10.14341/omet12578. DOI: https://doi.org/10.14341/omet12578

Pigarova EA, Dzeranova LK. Obesity, diabetes mellitus, and vitamin D // Obesity and metabolism. - 2024. - Vol. 21. - No. 3. - P. 316-324. doi: https://doi.org/10.14341/omet13161 DOI: https://doi.org/10.14341/omet13161

Pigarova EA, Dzeranova LК, Yatsenko DA. Absorption and metabolism of vitamin D in health and in gastrointestinal tract diseases. Obesity and metabsm. 2022;19(1):123-133. doi: https://doi.org/10.14341/omet12835 DOI: https://doi.org/10.14341/omet12835

Nimitphong H, Guo W, Holick MF, Fried .K, Lee M. Vitamin D Inhibits Adipokine Production and Inflammatory Signaling Through the Vitamin D Receptor in Human Adipocytes. Obesity. 2021;29:562–568. doi: https://doi.org/10.1002/oby.23109 DOI: https://doi.org/10.1002/oby.23109

World Health Organisation. WHO Child growth standards: Methods and development. Geneva: WHO; 2017

Peterkova AV, Bezlepkin OB, Vasyukova OV, et al. Obesity in children. Clinical guidelines. Moscow: Ministry of Health of the Russian Federation; 2021. 77 p.

Bolotova N. V. et al. Use of transcranial magnetic therapy in combination with electrical stimulation in the correction of neuroendocrine-immune disorders in obese boys.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Rustamov М., Garifulina Л., & Boboqulova Г. (2025). SEMIZLIK BO‘LGAN BOLALARDA VITAMIN D NING KO‘LLANILISHI, UNING LIPID VA UGLEVOD ALMASHINUVIGA TA’SIR QILISH SAMARASI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 4(2), 967–971. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2025-4-2-967-971
Ko'rishlar soni: 0