JURNALNING MAQSAD VA VAZIFALARI:

“International Journal of Scientific Pediatrics” elektron ilmiy-amaliy tibbiy jurnali chet ellik olimlarning bolalik va o‘smirlik kasalliklarini diagnostikasi, davolash va oldini olishning ilg‘or usullarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy izlanishlari natijalari va innovatsion tibbiy texnologiyalarni aks ettiruvchi elektron davriy nashrdir.

Nashrning maqsadi: jahon tibbiyoti, xususan, pediatriya fanining ilmiy yutuqlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda, undan tashqarida ham targ‘ib qilish. “International Journal of Scientific Pediatrics” elektron ilmiy-amaliy tibbiyot jurnalida ilmiy va amaliy mazmundagi original maqolalar, sharhlar, ma’ruzalar, klinik kuzatishlar, axborot materiallari chop etiladi.

"International Journal of Scientific Pediatrics" jurnalida chop etilgan ilmiy maqolalarning nomi va mazmuni pediatriyaning barcha yo'nalishlari bo'yicha olimlarning mutaxassisliklari guruhiga mos kelishi kerak. Nashr qilish uchun epidemiologiya, klinika, bolalik va o'smirlik kasalliklarini davolash va oldini olish muammolarini aks ettiruvchi ilmiy-amaliy xarakterdagi original maqolalarga ustuvor ahamiyat beriladi.

JURNALNING ASOSIY MAQSADLARI:

  1. Pediatriya sohasidagi ilmiy va amaliy yutuqlarni umumlashtirish, turli ixtisoslikdagi amaliy pediatrlarning malakasini oshirish, jahon ilmiy jamoatchiligi e'tiborini pediatriya fanining eng dolzarb yo'nalishlariga qaratish.
  2. Muallif – olimlarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvi, ularning ilmiy ishlarining xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslanishini oshirish va yuqori sifatli ilmiy ishlarni xalqaro ilmiy muhitda tarqatish.

Qamrov

Tadqiqotning asosiy yo'nalishlariga quyidagilar kiradi:

  • Bolalar jarroxligi
  • Umumiy pеdiatriya masalalari
  • Bolalar allеrgologiya va immunologiyasi
  • Ekopatologiya masalalari
  • Bolalar kardiologiyasi
  • Pеdiatriyada rеanimatsiya amaliyoti
  • Bolalar yoshiga bog’liq xulq-atvor tibbiyoti
  • Bolalar psixiatriyasi va psixologiya
  • Ijtimoiy pеdiatriya
  • Bolalar dеrmatologiyasi
  • Bolalar endokrinologiyasi
  • Bolalar gastroentеrologiyasi
  • Bolalar gеmatologiya va onkologiyasi
  • Bolalar yuqumli kasalliklari
  • Nеonatal va pеrinatal tibbiyot
  • Bolalar nеvrologiyasi va gеnеtika
  • Bolalar kardiorеvmatologiyasi
  • Bolalarga shoshilinch va tеz tibbiy yordam.
  • Tibbiy biologiya va morfologiya muammolari
  • Tibbiy ta'limni tashkil etish
  • Zamonaviy tibbiyotda kompyutеr tеxnologiyalari, axborot tizimlari va tеxnologiyalari, sun'iy intеllеkt.
  • Sog’liqni saqlash va farmatsеvtikadagi istiqbolli innovatsiyalar