Tug‘ma lab va tanglay kemtikligi fonida kechuvchi shifoxonadan tashqari pnevmoniyada mikrobiota ko‘rsatkichlarining xususiyati
Annotatsiya
Kirish. Tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi (TLTK) bo‘lgan bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya (SHTP) rivojlanishi zamonaviy pediatriya va yuz-jag‘ jarrohligining dolzarb muammolaridan biridir. TLTK bo‘lgan bolalar mikrobiota holatiga ko‘ra individuallashtirilgan yondashuvlarni talab qiladi. Shunday qilib, TLTK bo‘lgan chaqaloqlarda hayotining birinchi kunlaridanoq oshqozon-ichak traktining morfologik va funksional buzilishlari kuzatiladi. Material va usullar. Tadqiqot doirasida asosiy guruhga o‘tkir pnevmoniya bilan og‘rigan, TLTK bo‘lgan 40 nafar bola, taqqoslash guruhiga o‘tkir pnevmoniya bilan og‘rigan, TLTK bo‘lmagan 44 nafar bola kiritildi. Najas namunalari PZR usuli orqali laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi. Olingan ma’lumotlar Fisher-Styudent bo‘yicha tavsifiy va variatsion statistika usullari yordamida statistik tahlil qilindi. O‘rtacha qiymatlardagi farqlarning statistik ahamiyati p<0,05 ahamiyatlilik darajasida belgilandi. Natijalar. Kompleks mikrobiologik tadqiqot natijalari TLTK fonidagi SHTP bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i va ichak mikrobiotasining sezilarli buzilishlari mavjudligini ko‘rsatdi. Og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotasida shartli patogen va saprofitlar, jumladan S. salivarius, S. mitis, C. albicans, S.aureus hamda gemolitik E.coli ustunlik qildi. Asosiy guruhda normoflora vakillari bo‘lgan S. salivarius va S. mitis (p<0,05) miqdorining ishonchli pasayishi kuzatildi. Aksincha, C.albicans va S. Aureus ning aniqlanish chastotasi va miqdori asosiy guruhda sezilarli yuqori bo‘ldi (p<0,05-0,01). Ichak mikrobiotasi tahlilida ham asosiy guruhda disbiotik o‘zgarishlar aniqlandi. Bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar miqdori TLTKsiz bolalarga nisbatan ishonchli past bo‘ldi (p<0,001). Shu bilan birga, enterokokklar, laktozanegativ E. coli, S. aureus va achitqisimon zamburug‘lar miqdori asosiy guruhda yuqori ekanligi qayd etildi (p<0,05). Xulosa. Olingan natijalar TLTK fonidagi bolalarda normoflora vakillari kamayishi, shartli patogen mikroorganizmlar faollashuvi va zamburug‘lar kolonizatsiyasining ortishi bilan kechuvchi og‘ir disbiotik o‘zgarishlar shakllanishini ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Авдеев С.Н., Дехнич А.В., Зайцев А.А., и др. Внебольничная пневмония федеральные клинические рекомендации по диагностике и лечению.// Пулмонология 2022; 32 (3): 295-355 б. Avdeyev S.N., Dekhnich A.V., Zaytsev A.A. i dr. Vnebol'nichnaya pnevmoniya Federal'nyye rekomendatsii po diagnostike i chastnym litsam.// Pul'monologiya 2022; 32 (3): 295-355 b.
Алиев А., Ахрархонов Р., Хакимова У. Некоторые показатели иммунного статуса при тяжёлых пневмониях у детей раннего возраста на фоне врождённых расщелен губы и нёба // Педиатрия. 2023. № 1 (1). C. 214–217. Aliyev A., Akhrarkhonov R., Khakimova U. Nekotoryye pokazateli immunnogo otveta pri tyazholykh pnevmoniyakh u detey rannego vozrasta na fone vrozhdennykh rasshchelonnykh gub i noba // Pediatriya. 2023. № 1 (1). S. 214–217.
Arboleda V. [и др.]. Oral Microbiome as a Tool of Systemic Disease on Cleft Patients: A New Landscape // Cureus. 2023. № 2 (15). C. e35444. Arboleda V. [i dr.]. Mikrobiom polosti rta kak indikator sistemnykh zabolevaniy u patsiyentov s rasshchelinami: novyye gorizonty // Cureus. 2023. № 2 (15). C. e35444.
Eyni Y. et al., “Risk of pneumonia among children with cleft palate before and after palatoplasty: a population based study” European Journal of Pediatrics (2025) 184:56 https://doi.org/10.1007/s00431-024-05901-z. 56-64p. Eyni Y. i dr., «Risk razvitiya pnevmonii u detey s rasshchelinoy noba do i posle palatoplastiki: populyatsionnoye issledovaniye», European Journal of Pediatrics (2025) 184:56 https://doi.org/10.1007/s00431-024-05901-z. S. 56–64.
Kobeshavidze N. [и др.]. [THE MICROBIAL STRUCTURE OF THE MUCOUS MEMBRANE OF THE RESPIRATORY TRACT IN PREMATURE INFANTS] // Georgian medical news. 2019. № 288. C. 131–135. Kobeshavidze N. [i dr.]. [Mikrobnyy sostav slizistoy obolochki dykhatel'nykh putey u nedonoshennykh detey] // Georgian Medical News. 2019. № 288. S. 131–135.
Laager R. et al., «Hospitalization Trends for Airway Infections and In-Hospital Complications in Cleft Lip and Palate» 2024 Sep 3;7(9):e2428077.doi: 0.1001/jamanetworkopen.2024.28077. Laager R. et al., «Tendentsii gospitalizatsii po povodu infektsiy dykhatel'nykh putey i vnutribol'nichnykh oslozhneniy pri rasshcheline guby i neba» 2024 Sep 3;7(9):e2428077.doi: 0.1001/jamanetworkopen.2024.28077.
Madinier I. [Oral bacterial flora and its pathogenic potential] // Journal de biologie buccale. 2021. № 1 (19). C. 3–15. Madinier I. [Mikroflora polosti rta i yeyo patogennyy potentsial] // Journal de biologie buccale. 2021. № 1 (19). S. 3–15.
Муртазаев С.М. [и др.]. Ранняя профилактика пред и послеоперационных осложнений у детей с врожденной расщелиной верхней губы и нёба // Клиническая и экспериментальная хирургия. 2022. № 3 (37) (10). C. 89–99. Murtazayev S.M. [i dr.]. RANNYAYA PROFILAKTIKA PRED I POSLEOPERATSIONNYKH OSLOZHNENIY U DETEY S VROZHDENNOY RASSHCHELINOY VERKHNEY GUBY I NOBA // Klinicheskaya i eksperimental'naya khirurgiya. 2022. № 3 (37) (10). S. 89–99.
Пулатова Б.Ж., Косимов М. М. Кормление детей с врожденной расщелиной губы и неба // Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). 2025. № 1 (4). C. 21–30. Pulatova B.ZH., Kosimov M. M. KORMLENIYe DETEY S VROZHDENNOY RASSHCHELINOY GUBY I NEBA // Tsentral'noaziatskiy nauchnyy zhurnal mezhdistsiplinarnykh issledovaniy (CARJIS). 2025. № 1 (4). S. 21–30.
Shamsiev R. Features of the course of diseases in children with congenital clefts of the upper lip and palate // Journal of biomedicine and practice. 2018. № 1 (2). C. 32–36. Shamsiyev R. Osobennosti techeniya zabolevaniy u detey s vrozhdennymi rasshchelinami verkhney guby i neba // Zhurnal biomeditsiny i praktiki. 2018. № 1 (2). S. 32–36.
Таточенко В. К. Внебольничные пневмонии у детей – проблемы и решения // Российский вестник перинатологии и педиатрии. 2021. № 1 (66). C. 9–21. Tatochenko V. K. Vnebol'nichnyye pnevmonii u detey – problemy i puti resheniya // Rossiyskiy vestnik perinatologii i pediatrii. 2021. № 1 (66). S. 9–21.
Чаванина С. А., Богомолова И. К. Внебольничная Пневмония У Детей: Современное Состояние Проблемы // Забайкальский Медицинский Вестник. 2023. № 1. C. 184–192. Chavanina S. A., Bogomolova I. K. Vnebol'nichnaya Pnevmoniya U Detey: Sovremennyye problemy sostoyaniya // Zabaykal'skiy Meditsinskiy Vestnik. 2023. № 1. S. 184–192.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.