BOLALARDA O‘TKIR VA RETSIDIVLANUVCHI OBSTRUKTIV BRONXITNING XAVF OMILLARI VA EPIDEMIOLOGIYASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Bolalar  orasida kasallanish ko‘rsatkichi va asoratlari bo‘yicha nafas olish tizimi kasalliklari pediatriyada dolzarb muammolardan biri sifatida qolmoqda. Go‘dak yoshli bolalarda ko‘p kuzatiladigan o‘tkir zotiljam va bronxitlar bronxxoobstruktiv sindrom bilan kuzatilganda  salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bolalarda o‘tkir respirator kasalliklarning o‘sish tendensiyasi va ularning broxial obstruksiya rivojlanishidagi roli, obstruktiv bronxitni kaytalanishi yani so‘ngi vaqtlarda retsidiv bronxitni ko‘p kuzatilishi va bronxial astma xavfi yuqoriligi kasallikni yanada ko‘prok o‘rganish kerakligini ko‘rsatmoqda. Bronxoobstruktiv sindrom rivojlanishiga olib keluchi omillar  ichida respirator infeksiyalar 5-40% xollarda  kuzatilib, etakchi o‘rinni egallaydi. Tadqiqot maqsadi. Bronxoobstruktiv sindrom rivojlanish xavf omillari va ularni O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi sharoitida tarqalganligini o‘rganish. Tadqiqot usullari va materiallari. Bronxoobstruktiv sindrom rivojlanish xavf omillarini baxolash uchun statistik usullar bilan epidemiologik taxlil o‘tkazildi. Tekshirish uchun Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmokli tibbiyot markazi “Pulmonologiya” bo‘limida 2017-2021yillarda yotib davolangan, 1yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar kasallik tarixi taxlil qilindi. Retrospektiv tekshiruvda jami 6965 nafar bemor kasallik tarixi o‘rganildi, shundan 1208 nafariga (17%)  bronxoobstruktiv sindrom tashxisi qo‘yilgan. Bronxoobstruktiv sindrom tashxisi qo‘yilgan 1208 nafar bemor 3 ta nazologik guruxga bo‘lib o‘rganildi: 1-gurux Bronxoobstruktiv sindrom  shifoxonadan tashqari zotiljam o‘tkir kechishi bilan 966 nafar (80%). 2-gurux Obstruktiv bronxit o‘tkir kechishi  72 nafar(6%), 3-gurux Obstruktiv bronxit retsidiv  kechishi 170nafar (14%). Tadqiqot natijalari va ularni muxokama qilish. Kasallik tarixini retrospektiv taxlil qilish natijalar nafas etishmovchiligi belgilarining rivojlanishida, RBni ko‘p kuzatilishi va bronxial astma xavfini yuqoriligi, ularning rivojlanishidagi turli xil xavf omillar, fon kasalliklarning birga kelishi, yosh farqlri mavjudligini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra broxxobstruksiya simptomlari barcha bolalarda kuzatilgan. Retrospektiv taxlil qilingan kasallik tarixidagi anamnezlarga asosan o‘tkir obstruktiv bronxit  yil davomida tez-tez ORI  (6 marta va undan ko‘p) bilan og‘rigan bolalarda 942(78%), LOR a’zolari kasalliklari bilan  290(24%),  allergik xolatlar 318(26,3%), suniy ovqatlantirilayotgan bolalarda 273(22,6%), onadagi kamqonlik 832(68,9%), asoratli xomiladorlik 824(68,2%) xolatlarda aniqlandi. Xulosa. Bronxoobstruktiv sindrom rivojlanishiga moyillik tug‘diruchi va xaf omillari: xomiladorlikning og‘ir kechishi, onadagi kamqonlik, tug‘ruq vaqtidagi asfiksiya, bolaning suniy oziqlanishi, organizmning allergik moyilligi, tez-tez ORI bilan kasallanish, LOR a’zolari patologiyalari, oqsil-energiya etishmovchiligi, irsiy va tug‘ma nafas olish tizimi kasalliklari ekanligi  kuzatildi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

D. I. Axmedova, N. R. Axmedova, K. SH. Salixova. Vliyanie fizicheskoy aktivnosti na formirovanie garmonichno razvitogo i zdorovogo pokoleniya. Materialы mejdunar konferensii ≪Dostijeniya i perspektivы spetsializirovannoy meditsinskoy pomoщi detyam (uzbekskaya model) 2015:25–6.

F.M.SHamsiev, M.M.Xaydarova, SH.S. Mavlonova. Bronxiti u detey (etiologiya, patogenez, diagnostika i lechenie). Tashkent 2013:11.

A. L. SALOVA, O. G. CHELNOKOVA, L. I. MOZZHUKHINA, T. A. KOGUT. BRONCHOOBSTRUCTIVE SYNDROME IN CHILDREN WITH PRIMARY INFECTION WITH MYCOBACTERIUM TUBERCULOSIS. Childhood Infections 2020;19:34–7.

Natsionalnaya programma ≪Bronxialnaya astma u detey. Strategiya lecheniya i profilaktika≫. 2017:159.

SH. M. Ibatova. Retrospektivnыy analiz faktorov riska razvitiya bronxoobstruktivnogo sindroma u detey. Zdorove, demografiya, ekologiya finno-ugorskix narodov 2018:57–60.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Turakulova , H. ., & Azizova , N. . (2023). BOLALARDA O‘TKIR VA RETSIDIVLANUVCHI OBSTRUKTIV BRONXITNING XAVF OMILLARI VA EPIDEMIOLOGIYASI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 2(3), 105–109. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2023-2-3-105-109
Ko'rishlar soni: 159

Похожие статьи

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.