PREEKLAMPSIYA BILAN OG‘RIGAN HOMILADORLARDAN TUG‘ILGAN KAM TANA VAZNLI CHAQALOQLARDA NEONATAL SARIQLIK KECHISHINING GESTATSION YOSH VA VAZNGA BOG‘LIQLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Annotatsiya: ubshu ilmiy maqolada preeklampsiya bilan og‘rigan homiladorlardan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlarda neonatal sariqlikning gestatsion yosh va vaznga bog‘liq holda kechish xususiyatlari o‘rganilgan. Preeklampsiya og‘irlik darajasiga qarab, sariqlik, buyrak patologiyasi, perinatal ensefalopatiya va adaptatsiyaning buzilishi kabi patologik holatlarga sabab bo‘lishi isbotlangan.  Ilmiy ishning maqsadi: preeklampsiya bilan og‘rigan homiladorlardan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlarda neonatal sariqlikning gestatsion yosh va vaznga bog‘liq holda kechish xususiyatlari o‘rganish. Material va metodlar: ilmiy izlanish Buxoro davlat tibbiyot institutining pediatriya kafedrasi va Buxoro viloyati perinatal markazida olib borilgan. Preeklampsiya bilan og‘rigan homiladorlardan tug‘ilgan 44 kam tana vaznli chaqaloqlar o‘rganilib, 2 guruxga bo‘lingan: 1-guruxda 22 ta chaqaloq  22-28 haftada  (erta chala tug‘ilganlar); 2-guruxda 22 ta chaqaloq 29-37 haftada (kechki chala tug‘ilgan) tug‘ilgan. Hamma chaqaloqlarga umumiy klinik va biokimyovi tekshirish o‘tkazilgan (umumiy bilirubin va uning fraksiyalari, umumiy oqsil, glyukoza). Teridagi sariqlik intensivligi Kramer shkalasi bilan baholangan. Natijalar va muhokamalar: tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, 1-gurux chaqaloqlarning o‘rtacha vazni- 872,3g, 2-gurux esa, 1945,4g ni tashkil etdi, ulardan 4 tasida homila ichi rivojlanishdan orqada qolish belgilari aniqlangan. 1-guruhda bilirubinning maksimal konsentratsiyasi 6-kunda ko‘tarilib, 246 mkmol/l ni tashkil etdi. Bu guruxda sariqlikning davomiyligi o‘rtacha 15 kundan iborat. 2-guruhda esa, bilirubinning maksimal konsentratsiyasi 4-5-kunda ko‘tarilib,  209,5 mkmol/l ni tashkil etdi. Bu guruxda sariqlikning davomiyligi o‘rtacha 12 kunni tashkil etdi. Xulosa: shunday qilib, preeklampsiya bilan og‘rigan homiladorlardan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlarda neonatal sariqlikning gestatsion yoshi qancha kam  va vazni kichik bo‘lsa, mos ravishda og‘irroq va davomiyligi uzoq kechish xususiyatiga ega.

Adabiyotlar ro'yxati

Ivanovna KN, Raisovna N-DB. Pathophysiological features of adaptation in the Mother-fetus system in metabolic syndrome and preeclampsia. Ulyanovsk Medical and Biological Journal 2017:104–13.

E.I B. Hypertension in pregnant women and preeclampsia. Medical News 2017:4–7.

Giyasovna YG, Ramazanovna BN, Samiyevich BS. STATISTICAL ANALYSIS OF THE STRUCTURE OF THE BIRTH RATE OF UNDERWEIGHT CHILDREN IN THE BUKHARA REGION. Art of Medicine International Medical Scientific Journal 2021;1.

R B, G Y. Pathogenetic Aspects Of Coronavirus Infection In Pregnant Women. 1 2021:64–9. https://doi.org/10.47494/cajmns.vi0.351.

Nikolaevna UA, Andreevich HE. Analysis of the causes of perinatal risk and the structure of pathology in premature infants of Chelyabinsk, born with extremely low and very low body weight. Russian Bulletin of Perinatology and Pediatrics 2019;64:92–8. DOI: https://doi.org/10.21508/1027-4065-2019-64-4-92-98

Altinbayeva GB, Bojbanbayeva NS, Adilbekova ИМ, Jeksensil SS. Modern ideas about the birth of children with low weight, assessment of their development. Bulletin of the Kazakh National Medical University 2017:185–8.

Altinbayeva GB, Bojbanbayeva NS, Isenova SS, Adilbekova IM, Bekuli А. Risk factors for early neonatal mortality of premature newborns underweight by gestation. Bulletin of the Kazakh National Medical University 2017:82–8.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Navruz-zoda М., & Yuldasheva Г. (2023). PREEKLAMPSIYA BILAN OG‘RIGAN HOMILADORLARDAN TUG‘ILGAN KAM TANA VAZNLI CHAQALOQLARDA NEONATAL SARIQLIK KECHISHINING GESTATSION YOSH VA VAZNGA BOG‘LIQLIGI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 2(9), 333–335. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2023-2-9-333-335
Ko'rishlar soni: 48

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari