OILAVIY SIL O‘CHOQLARIDA YASHOVCHI BOLALARDA IMMUNOLOGIK DIAGNOSTIK SINAMALARNING QIYOSIY TAHLILI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqsad: Samarqand viloyati ma’lumotlari asosida oilaviy sil o‘chog‘ida yashovchi bolalarda immunologik diagnostik sinovlar natijalarini baholash va taqqoslash. Materiallar va usullar: Tadqiqot 2021-yildan 2024-yilgacha o‘tkazildi. Tadqiqotga BGC vaksinasini olgan, 2 TB PPD-L bilan Mantu sinovi ijobiy bo‘lgan 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 670 nafar bola kiritildi. Barcha bolalarga Diaskintes preparati bilan sinov, shuningdek Quantiferon testi o‘tkazildi. Natijalar: Kompleks tekshiruv natijalariga ko‘ra bolalar quyidagi guruhlarga bo‘lindi: I guruh - 273 nafar sog‘lom bola (40,7%); II guruhga latent sil infeksiyasi (LSI) bilan kasallangan 120 nafar (17,9%) bemor kiritildi; III guruhga nafas olish a’zolarining faol sili bilan kasallangan 277 nafar bola (41,4%) kirdi. Muhokama: 2 TE bilan PPD-L tuberkuliniga sezuvchanlik natijalari bolalarda LSI va silning faol shakllarini farqlash uchun ishonchli darajada yetarli ma’lumot bermaydi. Sog‘lom bolalar guruhida Mantu sinamasining yuqori natijalari (23,8%) mavjudligi e’tiborni tortadi. Bunda 2 TE li sil sinamasining o‘rtacha natijalari silning faol shakllari bilan og‘rigan bolalar guruhida 53,4% holatlarda, shuningdek, LTI bo‘lgan bolalar guruhida 52,5% holatlarda qayd etilgan. ATR sinamasi ijobiy, ammo bir vaqtning o‘zida QFT testi salbiy natija ko‘rsatgan har beshinchi bola tez-tez va uzoq vaqt kasal bo‘ladigan bolalar toifasiga kirgan va LOR-a’zolari kasalliklaridan aziyat chekkan. Bunday bolalarning yarmidan ko‘pida allergik kasalliklar (54,5%) va ortiqcha tana vazni hamda semizlik (63,6%) ko‘rinishidagi moddalar almashinuvi buzilishlari borligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan. Xulosalar: ATR sinamasi natijalari soxta musbat deb talqin qilinishi mumkin bo‘lgan hollarda, muqobil usullar - IGRA-testlar (Quantiferon) qo‘llanilishi zarur.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Кисличкин Н.Н., Ленхерр-Ильина Т.В., Красильников И.В. Диагностика туберкулеза. Туберкулин и группа препаратов на основе белков ESAT-6/CFP-10. Инфекционные болезни 2016;14(1):48–54. [Kislichkin N.N., Lenxerr-Ilina T.V., Krasilnikov I.V. Diagnosis of tuberculosis. Tuberculin and group oа drugs on basis of ESAT-6/CFP-10 proteins. Infeksionnie bolezni 2016;14(1):48–54 (in Russ)] DOI: https://doi.org/10.20953/1729-9225-2016-1-48-54.

Лозовская М.Э., Захарова О.П., Яровая Ю.А., Никифоренко Н.А., Курова А.С. Двухлетнее применение пробы с аллергеном туберкулезным рекомбинантным для выявления туберкулеза у детей в Санкт-Петербурге. Вестник новгородского государственного университета 2020;3(119):43-46. [Lozovskaya M.E., Zaxarova O.P., Yarovaya Yu.A., Nikiforenko N.A., Kurova A.S. Two-year use of a tuberculosis-recombinant allergen test to detect tuberculosis in children in Saint Petersburg. Vestnik novgorodskogo gosudarstvennogo universiteta 2020;3(119):43-46 (in Russ)] DOI: https://doi.org/10.34680/2076-8052.2020.3(119).43-46.

Овсянкина Е.С. Актуальные проблемы туберкулеза у подростков из очагов туберкулезной инфекции. Туберкулез и болезни легких 2018;96(6):17-20. [Ovsyankina Ye.S. Topical problems of tuberculosis in adolescents from tuberculosis infection centers. Tuberkulez i bolezni legkix 2018;96(6):17-20 (in Russ)] DOI: https://doi.org/10.21292/2075-1230-2018-96-6-17-20.

Салова А.Л., Челнокова О.Г., Мозжухина Л.И., Борисова Е.В., Афанасенко О.А., Миначенкова М.В., Ясонова Д.А. Факторы риска развития латентной туберкулезной инфекции у детей // Современные проблемы науки и образования. 2024. №6. [Salova A.L., Chelnokova O.G., Mozjuxina L.I., Borisova Ye.V., Afanasenko O.A., Minachenkova M.V., Yasonova D.A. Risk factors for developing latent tuberculosis infection in children // Sovremennыe problemы nauki i obrazovaniya. 2024;(6) (in Russ)]

URL: https://science-education.ru/ru/article/view?id=33826 (Accessed 24.01.2025).

Уфимцева Е.Г. Клетки с микобактериями в гранулематозных образованиях мышей на латентной стадии туберкулезной инфекции в культуре exvivo. Инфекция и иммунитет 2018;3(3):229–234. [Ufimseva Ye.G. Cells with mycobacteria in the granulomatous formations of mice at the latent stage of tuberculous infection in exvivo culture. Infeksiya i immunitet 2018;3(3):229–234. (in Russ)]. URL: https://rucont.ru/efd/437068 (Accessed 24.01.2025)

Федеральные клинические рекомендации по диагностике и лечению латентной туберкулезной инфекции у детей. Москва; Здоровье человека, 2024;36 [Federal clinical guidelines for the diagnosis and treatment of latent tuberculosis infection in children.. Moscow; Zdorove cheloveka, 2024;36 (in Russ)].

Ahmad R, Xie L, Pyle M, Suarez MF, Broger T, Steinberg D, et al. A rapid triage test for active pulmonary tuberculosis in adult patients with persistent cough. Sciene Translational Medicine. 2019;11(115):28-34. https://doi.org/10.1126/SCITRANSLMED.AAW8287.

Cremoni M, Allouche J, Graça D, Zorzi K, Fernandez C, Teisseyre M, et al. Low baseline IFN-γ response could predict hospitalization in COVID-19 patients. Front Immunol 2022;13. http://dx.doi.org/10.3389/fimmu.2022.953502.

Moreira-Teixeira L, Tabone O, Graham CM, Singhania A, Stavropoulos E, Redford PS, et al. Mouse transcriptome reveals potential signatures of protection and pathogenesis in human tuberculosis. Nature Immunology 2020;21(4):464–76. https://doi.org/10.1038/s41590-020-0610-z.

Perez-Recio S, Pallares N, Grijota-Camino MD, Sanchez-Montalva A, Barcia L, Campos-Guti´errez S, et al. Identification of recent tuberculosis exposure using QuantiFERON-TB Gold Plus, a multicenter study. Microbiology Spectrum 2021;9. https://doi.org/10.1128/SPECTRUM.00972-21

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Adjablaeva Д. (2025). OILAVIY SIL O‘CHOQLARIDA YASHOVCHI BOLALARDA IMMUNOLOGIK DIAGNOSTIK SINAMALARNING QIYOSIY TAHLILI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 4(1), 792–797. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2025-4-1-792-797
Ko'rishlar soni: 0