YUVENIL ARTRIT BILAN KASALLANGAN BOLALARDA KARDIOVASKULYAR BUZILISHLAR: YANGILISH FAOLLIGI VA KASALLIK DAVOMIYLIGINING AHAMIYATI
Abstrakt
Ahamiyati. Yuvenil artrit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish jarayonining faolligi va immunologik buzilishlar, shuningdek, dori-darmon terapiyasi ta’sirida kuzatiladigan yurak-qon tomir tizimi zararlanishlari prognozining yomonlashuvi va nogironlik xavfining ortishida yetakchi omillardan biri sifatida qaraladi. Bunday buzilishlarning klinik namoyon bo‘lishi ko‘pincha asosiy kasallik belgilariga o‘xshab ketadi, bu esa tashxis qo‘yishda kechikishga olib keladi. Shu bois, ushbu toifadagi bemorlarda kardiovaskulyar buzilishlarning xususiyatlarini batafsil o‘rganish zaruriyati tug‘iladi. Tadqiqot maqsadi. Yuvenil artrit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish jarayoni faolligi va kasallik davomiyligining yurak-qon tomir buzilishlarining rivojlanishiga ta’sirini baholash. Materiallar va usullar. Tadqiqotga 2 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 80 nafar YuA bilan og‘rigan bemor kiritildi. Ulardan 50 nafari – tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit bilan kasallangan, 30 nafari esa – bo‘g‘im shaklidagi kasallikka ega bo‘lganlar. Klinik, instrumental hamda laboratoriya usullari qo‘llanildi. Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun IBM SPSS Statistics v.26 dasturi ishlatildi. Natijalar. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, tizimli shaklda yurak-qon tomir buzilishlari bo‘g‘im shakliga nisbatan uchrash chastotasi ko’proq. Tadqiqot natijasida tipik kardiovaskulyar buzilishlar aniqlandi: surunkali yurak yetishmovchiligi, miokardni qayta tuzilishi (remodellanishi), aritmiyalar, yurak o‘tkazuvchi tizimi blokadalari, chap qorincha gipertrofiyasi va qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi. Buzilishlar chastotasi bilan yallig‘lanish faolligi va kasallik davomiyligi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik qayd etildi. Xulosa. TBYuA bilan og‘rigan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlar bo‘g‘im shakliga nisbatan tez-tez aniqlanadi. Yuvenil artritning yuqori yallig‘lanish faolligi va progressiv kechishi yurakning struktur-funksional o‘zgarishlari – miokardni qayta tuzilishi, o‘tkazuvchanlik buzilishlari va klapan disfunksiyalarining shakllanishi bilan chambarchas bog‘liq.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Криулина ТЮ и др. «Портрет» пациента с ювенильным артритом: результаты Всероссийского когортного ретроспективного исследования. Вопросы практической педиатрии. 2025;20(1):7–29. doi:10.20953/1817-7646-2025-1-7-29.
Дворяковская ТМ и др. Состояние медицинской помощи детям по профилю «ревматология» на примере юношеского артрита: взгляд пациентов и их родителей. Вопросы практической педиатрии. 2023;18(3):37–55. doi:10.20953/1817-7646-2023-3-37-55.
Мареев ВЮ и др. Клинические рекомендации. Хроническая сердечная недостаточность. Журнал Сердечная Недостаточность. 2017;18(1):3–40. doi:10.18087/rhfj.2017.1.2346.
Кириллова ИГ, Удачкина ЕВ, Попкова ТВ. Хроническая сердечная недостаточность у больных ревматоидным артритом. Часть I: распространенность, особенности этиологии и патогенеза. Рациональная фармакотерапия в кардиологии. 2018;14(5):703–10. doi:10.20996/1819-6446-2018-14-5-703-7101.
Consolaro A et al. Phenotypic variability and disparities in treatment and outcomes of childhood arthritis worldwide: an observational cohort study. Lancet Child Adolesc Health. 2019;3(4):255–63. doi:10.1016/S2352-4642(19)30027-6.
Koca B, Sahin S, Adrovic A. Cardiac involvement in juvenile idiopathic arthritis. Rheumatol Int. 2017;37(1):137–42. doi:10.1007/s00296-016-3534-z.
Martini A et al. Juvenile idiopathic arthritis. Nat Rev Dis Primers. 2022;8(1):5. doi:10.1038/s41572-021-00332-8.
McCurdy D, Parsa MF. Updates in juvenile idiopathic arthritis. Adv Pediatr. 2021;68:143–70. doi:10.1016/j.yapd.2021.05.014.
Marzetti V et al. Clinical characteristics of juvenile idiopathic arthritis in central Italy: a population-based study. Ann Ig. 2017;29(4):281–92. doi:10.7416/ai.2017.2152.
Ozdel S et al. Clinical features in 305 patients with juvenile idiopathic arthritis: a single-center Turkish study. Pediatr Int. 2021;63(6):636–42. doi:10.1111/ped.14481.
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.