Semizligi va metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligi bo’lgan bolalarni klinik-laborator xususiyatlari va elastografiya natijalari

TO'LIQ MATN:

Annotatsiya

Kirish. Bugungi kunda semizlik pandemiyasi metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligi (MAJYOK) tarqalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning bolalar orasida aniqlanish chastotasi o‘sishga moyil. Tadqiqotning maqsadi metabolik status va jigar parenximasining qattiqligini baholash bilan turli xil semizlik bilan og‘rigan bolalarda MAJYOKning uchrash chastotasini aniqlashdan iborat. Material va usullar: ushbu ish 12-18 yoshdagi semizligi bo‘lgan 66 nafar, shuningdek, normal tana vazniga ega bo‘lgan 30 nafar bolani prospektiv o‘rganish natijalariga asoslangan. Antropometrik tekshiruv, aminotransferazalar, bilirubin, ishqoriy fosfataza va gamma-glutamiltransferazalar darajasini aniqlash bo‘yicha biokimyoviy tadqiqotlar, leptin, interleykinlarni aniqlash bo‘yicha immunoferment tahlillari o‘tkazildi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari ultratovush tekshiruvi va jigar elastografiyasi o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari ekzogen-konstitutsional semizligi bo‘lgan bolalar orasida, ayniqsa uning abdominal turida MAJYOKning keng tarqalganligidan dalolat beradi. Olingan ma’lumotlar metabolik buzilishlar va jigar zararlanishining rivojlanishida visseral semizlikning yetakchi roli haqidagi zamonaviy tasavvurlarga mos keladi. Abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda MAJYOK chastotasi 57,14% ni tashkil etdi, bu teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo’lgan bolalarda (29,03%), jigar steatozi rivojlanishi xavfining yuqoriligini tasdiqlovchi xuddi shunday ko‘rsatkichdan 2 baravar yuqori edi. Biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish semiz bolalarda jigarning funksional o‘zgarishlari mavjudligini ko‘rsatdi. Transaminazalarning o‘rtacha qiymatlari referens oralig‘ida bo‘lishiga qaramay, abdominal semizlik bilan og‘rigan bolalarda ALT va AST darajasi teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo’lgan bolalarga va nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo’ldi. Semizlikning abdominal turi bilan og‘rigan bolalarda asosan ALTning 1,5 martadan ortiq oshishi aniqlandi, bu jigarda yallig‘lanish o‘zgarishlari shakllanishi va metabolik assotsiirlangan steatogepatit rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin. Semizligi bo‘lgan bolalarda jigar to‘qimasining qattiqlik ko‘rsatkichlari sog‘lom bolalarga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi, bunda abdominal semizlik va MAJYOK birgalikda kuzatilganda maksimal qiymatlar kuzatildi. Abdominal semizlik va MAJYOK bilan og‘rigan bolalarda leptin, TNF-α va IL-6 ning eng yuqori darajasi aniqlandi. Leptin konsentratsiyasining oshishi visseral yog‘ to‘qimasi disfunksiyasining rivojlanishini va leptinorezistentlikning shakllanishini aks ettiradi. Bir vaqtning o‘zida TNF-α va IL-6 miqdorining oshishi surunkali past intensiv yallig‘lanishning faollashuvidan dalolat beradi. Xulosa. Shunday qilib, tadqiqot natijalari bolalarda MAJYOK rivojlanishining ko‘p omilli xususiyatini tasdiqlaydi va abdominal semizlik, yallig‘lanish o‘zgarishlari, adipokinlar sekretsiyasining buzilishi va jigar to‘qimasi remodellashuvining erta belgilari o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Panganiban J, et al. Metabolic dysfunction-associated steatotic liver disease (MASLD) in children with obesity: An Obesity Medicine Association (OMA) and expert joint perspective. Obes Pillars. 2025; 14:100164. doi:10.1016/j.obpill.2025.100164.

Agrawal A, Samanta A. Metabolic dysfunction-associated steatotic liver disease in children: a practical update based on Indian Society of Pediatric Gastroenterology, Hepatology and Nutrition (ISPGHAN) 2024 guidelines. Clin Exp Pediatr. 2025;68:546-550.

3.Маев ИВ, Буеверов АО, Волнухин АВ. Эффективность и безопасность фиксированной комбинации глицирризиновой кислоты и эссенциальных фосфолипидов при неалкогольной жировой и алкогольной болезни печени: результаты рандомизированных плацебо-контролируемых исследований. Вестн РАМН. 2021;76(6):595-603. Mayev I.V., Buverov A.O., Volnukhin A.V. Effektivnost' i bezopasnost' fiksirovannoy kombinatsii glitsirrizinovoy kisloty i nezamenimykh fosfolipidov pri nealkogol'noy zhirovoy bolezni pecheni i alkogol'noy bolezni pecheni: rezul'taty randomizirovannogo platsebo-kontroliruyemogo issledovaniya. Vestn RAMN. 2021;76(6):595-603.

Accacha S, Barillas Cerritos J, Srivastava A, Ross F, Drewes W, Gulkarov S, et al. From childhood obesity to metabolic dysfunction-associated steatotic liver disease (MASLD) and hyperlipidemia through oxidative stress during childhood. Metabolites. 2025;15(5):287. doi:10.3390/metabo15050287.

Zhang GL, Zhao QY, Lin CS, et al. Transient elastography and ultrasonography: optimal evaluation of liver fibrosis and cirrhosis in patients with chronic hepatitis B concurrent with nonalcoholic fatty liver disease. Biomed Res Int. 2019;2019:3951574. doi:10.1155/2019/3951574.

Sporea I, Sirli RL, Deleanu A, et al. Acoustic radiation force impulse elastography as compared to transient elastography and liver biopsy in patients with chronic hepatopathies. Ultraschall Med. 2021;32(Suppl 1):S46-S52. doi:10.1055/s-0029-1245360.

Diehl KL, Vorac J, Hofmann K, Meiser P, Unterweger I, Kuerschner L, et al. Kupffer cells sense free fatty acids and regulate hepatic lipid metabolism in high-fat diet and inflammation. Cells. 2020;9(10):2258. doi:10.3390/cells9102258.

Ливзан МА, Лаптева ИВ, Кролевец ТС. Лептинорезистентность у пациентов с неалкогольной жировой болезнью печени, ассоциированной с ожирением и избыточной массой тела. Медицинский совет. 2015;(13):58-62. Ливзан МА, Лаптева ИВ, Кролевец ТС. Лептинорезистентность у паситинов с неалкогольной жировой болезнью печени, ассоциированной с питанием и избыточной массой тела. Медицинский совет. 2015;(13):58-62.

World Health Organization. WHO child growth standards: methods and development. Geneva: World Health Organization; 2017.

Qanday iqtibos keltirish kerak

Semizligi va metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligi bo’lgan bolalarni klinik-laborator xususiyatlari va elastografiya natijalari. (2026). Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 5(3), 1372-1379. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-3-1372-1379

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari