OILAVIY SIL O‘CHOQLARIDA YASHOVCHI BOLALARDA LATENT SIL INFEKTSIYASINING FAOL SILGA O‘TISHINING XAVF OMILLARI TAHLILI
Abstrakt
Mavzuning dolzarbligi. JSST ta’rifiga ko‘ra, latent sil infeksiyasi (LSI) — bu Mycobacterium tuberculosis ning klinik belgilar bo‘lmagan holda saqlanish holati bo‘lib, faqat immunologik testlar yordamida aniqlanadi. Mutaxassislarning baholashicha, dunyo aholisining chorak qismi LSI bilan zararlangan, uni butun umr davomida faollashish xavfi 5–15% ni tashkil etadi. Bu xavf, ayniqsa, zararlanishdan keyingi dastlabki besh yil ichida va ko‘proq bolalik davrida yuqori bo‘ladi. 2015 yildan keyingi global silga qarshi kurash strategiyasi sharoitida LSI ni erta aniqlash va oldini olish kasallikning yangi holatlarini bartaraf etishda muhim omil sifatida qaraladi. Biroq, hozirga qadar bolalarda latent va aktiv sil shakllarini diagnostika qilish hamda differensial ajratish uchun “oltin standart” mavjud emas. Tadqiqot maqsadi. Bolalarda latent sil infeksiyasi rivojlanishi va aktiv sil kechishining anamnestik hamda ijtimoiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot xalqaro STROBE standartiga muvofiq retrospektiv-prospektiv kohort ko‘rinishda olib borildi. Jami 60 nafar bola tanlab olindi, ular ikki guruhga bo‘lindi: 1-guruhga latent sil infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan 40 nafar bola, 2-guruhga esa aktiv sil tashxisi qo‘yilgan 20 nafar bola kiritildi. Tadqiqot natijalari. Aniqlanishicha, silning faollashuvida asosiy ijtimoiy xavf omillari — kam ta’minlangan, ko‘p bolali va to‘liq bo‘lmagan oilalarda yashash, nosoz turmush sharoitlari, ota-onalarning past ma’lumot darajasi, ularning ishsizligi va zararli odatlari hisoblanadi. Biologik omillar qatoriga tug‘ilishdagi past tana vazni, perinatal markaziy asab tizimi shikastlanishlari, erta yoshdagi kamqonlik, shuningdek surunkali hamroh kasalliklar (glist invaziyalari, gastroenterologik va endokrin buzilishlar, miopiya, revmatizm) kiradi. Epidemiologik omillardan esa bakterioviylovchilar bilan kontakt, kimyoprofilaktikaning yo‘qligi, o‘choqlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmasligi, OITS bilan yashovchi oilalarda istiqomat qilish va o‘tkazilgan COVID-19 qayd etildi. Xulosalar. Shunday qilib, tadqiqot bolalarda latent sil infeksiyasi faollashuvi xavfi ko‘p omillilikka ega ekanini tasdiqladi. Unda ijtimoiy, biologik va epidemiologik komponentlar muhim rol o‘ynaydi. Mualliflar xavf omillarini kompleks baholash va ularni latent hamda aktiv shakllar uchun asosli tarzda ajratish zarurligini ta’kidlashadi, bu esa profilaktika, erta diagnostika va xavf guruhidagi bolalarni oqilona kuzatishda amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Кисличкин НН, Ленхерр-Ильина ТВ, Красильников ИВ. Диагностика туберкулеза: туберкулин и группа препаратов на основе белков ESAT-6/CFP-10. Инфекционные болезни. 2016;14(1):48–54. doi:10.20953/1729-9225-2016-1-48-54.
Лозовская МЭ, Захарова ОП, Яровая ЮА, Никифоренко НА, Курова АС. Двухлетнее применение пробы с аллергеном туберкулезным рекомбинантным для выявления туберкулеза у детей в Санкт-Петербурге. Вестник Новгородского государственного университета. 2020;3(119):43–6. doi:10.34680/2076-8052.2020.3(119).43-46.
Овсянкина ЕС. Актуальные проблемы туберкулеза у подростков из очагов туберкулезной инфекции. Туберкулез и болезни легких. 2018;96(6):17–20. doi:10.21292/2075-1230-2018-96-6-17-20.
Салова АЛ, Челнокова ОГ, Мозжухина ЛИ, Борисова ЕВ, Афанасенко ОА, Миначенкова МВ, и др. Факторы риска развития латентной туберкулезной инфекции у детей. Современные проблемы науки и образования [Internet]. 2024;(6). Available from: https://science-education.ru/ru/article/view?id=33826 [Accessed 2025 Jan 24].
Уфимцева ЕГ. Клетки с микобактериями в гранулематозных образованиях мышей на латентной стадии туберкулезной инфекции в культуре ex vivo. Инфекция и иммунитет [Internet]. 2018;3(3):229–34. Available from: https://rucont.ru/efd/437068 [Accessed 2025 Jan 24].
Федеральные клинические рекомендации по диагностике и лечению латентной туберкулезной инфекции у детей. Москва: Здоровье человека; 2024. 36 с.
Adzhablaeva DN. The study of life quality parameters in children and adolescents with HIV-associated tuberculosis. Tuberculosis and Lung Diseases. 2020;98(9):14–7. (In Russ.) doi:10.21292/2075-1230-2020-98-9-14-17.
Adzhablaeva DN. Assessing quality of life in children and adolescents diagnosed with pulmonary tuberculosis. In: IntechOpen [Internet]. Available from: http://dx.doi.org/10.5772/intechopen.82672
Moreira-Teixeira L, Tabone O, Graham CM, Singhania A, Stavropoulos E, Redford PS, et al. Mouse transcriptome reveals potential signatures of protection and pathogenesis in human tuberculosis. Nat Immunol. 2020;21(4):464–76. doi:10.1038/s41590-020-0610-z.
Perez-Recio S, Pallares N, Grijota-Camino MD, Sanchez-Montalva A, Barcia L, Campos-Gutiérrez S, et al. Identification of recent tuberculosis exposure using QuantiFERON-TB Gold Plus: a multicenter study. Microbiol Spectr. 2021;9:e00972-21. doi:10.1128/SPECTRUM.00972-21.
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.