BASHLANGICH MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA ORTIQCHA TANA OG'IRLIGIDA YURAK-QON TOMIRLAR TIZIMI HOLATI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Dolzarbligi. Bolalar va o‘smirlar populyatsiyasida semizlik muammosi nafaqat pediatrik, balki kardiologik muammo sifatida ham namoyon bo‘ladi, chunki ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda arterial gipertenziya, dislipidemiya, insulinga rezistentlik va miokard remodellanishining dastlabki belgilari sezilarli darajada tez-tez aniqlanadi, bu esa yoshlik davrida yuqori yurak-qon tomir xavfini shakllantirishga yordam beradi. Xususan, metabolik sindromli turli yoshdagi maktab o‘quvchilarida yurak qon-tomir kasalliklarining rivojlanish ehtimoli ushbu sindrom bo‘lmagan tengdoshlariga nisbatan 14 baravar, qandli diabet esa 11 baravar yuqori. Tadqiqotning maqsadi. Ortiqcha tana vazni bo‘lgan bolalarda yoshga qarab (7-10 yosh) yurak-qon tomir tizimi funksional buzilishlarining kechish xususiyatlarini o‘rganish. Materialы i metodы issledovaniya. Tekshiruv shahar o‘smirlar markazida o‘tkazildi. Tadqiqotda ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan 50 nafar bola, ortiqcha tana vazniga ega bo‘lmagan 30 nafar bola ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari. TVI bo‘yicha asosiy guruhda ortiqcha tana vazni (+2 SD) o‘g‘il bolalarda 93,3% va qiz bolalarda 94,2% aniqlandi, ortiqcha tana vazni xavfi (+1 SD) o‘g‘il bolalarda 6,7% va qiz bolalarda 5,8% ni tashkil etdi, vaznning oshishi va nazorat guruhida bo‘yning o‘sishi kuzatilmadi. Asosiy guruhdagi ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarda turli patologiyalar bo‘yicha irsiyat og‘irlashganligi aniqlandi, ular orasida yurak-qon tomir tizimi patologiyalari 72% (yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, yoshligida infarktni boshdan kechirganlar), qandli diabet 2-turi - 16,7%, endokrin patologiyalar - 42% (gipo va giperterioz va boshqalar). Yondosh kasalliklar orasida asosiy guruhdagi bolalarda surunkali tonzillit 91,0%, nazorat guruhida 59,9%, kamqonlik 1-guruhdagi bolalarda 78,2%, 2-guruhda 39,9% uchrab, ishonchli ko‘rsatkichni (p<0,001) ko‘rsatdi, somatoform vegetativ disfunksiya 1-guruhdagi bolalarda 51,4%, 2-guruhda 5,8% uchrab, ishonchli ko‘rsatkichni ko‘rsatdi. biliar yo‘l patologiyasi kasalliklari 59,2% ga qarshi 33,3%. Ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan 1-guruh bolalari normal tana vazniga ega bo‘lgan bolalarga qaraganda ko‘proq yondosh kasalliklarga ega edilar. EKG tahlili shuni ko‘rsatdiki, 1-guruh bolalarida sinus taxikardiyasi (15,2% ga qarshi 4,4%, bu ishonchlilikni ko‘rsatdi (r>0.05)) va bradikardiya (20,0% ga qarshi 10,8%), sinus aritmiyasi (19,0% ga qarshi 10,8%), Gis tutami o‘ng oyoqchasining to‘liq bo‘lmagan blokadasi (13,3% ga qarshi 7,4%), AV o‘tkazuvchanligining sekinlashishi (9,0%) va ritm yetakchisining migratsiyasi (5,6%) faqat 1-guruhda, ekstrasistoliya (7,3% ga qarshi 2,5%) aniqlandi. Xulosa. Ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan bolalarda uyquning buzilishi, yurak sohasidagi og‘riqlar, jismoniy zo‘riqish paytida nafas qisilishi, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi kabi shikoyatlar sezilarli darajada ko‘proq qayd etiladi, bu semizlikning yurak-qon tomir tizimining funksional holatiga salbiy ta’sirini tasdiqlaydi. EKG ma’lumotlariga ko‘ra, bunday bolalarda ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishlari aniqlangan, ular orasida AV o‘tkazuvchanligining sekinlashishi, ritm yetakchisining migratsiyasi va ekstrasistoliya sezilarli darajada tez-tez uchraydi. Ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan bolalarda jismoniy zo‘riqishga gemodinamik reaksiyalarning tabiati qon aylanishining giperdinamik turi ustunligi bilan belgilanadi, ularning normal tana vazniga ega tengdoshlarida esa normotonik turi ko‘proq kuzatiladi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, bolalarda ortiqcha tana vazni bolalik davrida yurak-qon tomir xavfini shakllantirishning muhim omili bo‘lib, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, oldini olish va tuzatishni talab qiladi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

World Health Organization. Childhood Obesity. Questions and Answers. Geneva: WHO, 2024.

NCD Risk Factor Collaboration. Worldwide trends in obesity and body-mass index, 1975–2022. The Lancet, 2024; Vol. 403, No. 10425, pp. 1157–1169.

The Lancet. Childhood and adolescent obesity: global epidemiology and cardiovascular risk. The Lancet, 2025; Vol. 405, No. 10478, pp. 223–234.

Alberti, K. G., Eckel, R. H., Grundy, S. M., et al. Harmonizing the metabolic syndrome: a joint interim statement. Circulation, 2023; Vol. 147, No. 12. – P. 119–125.

UNICEF. State of the World’s Children 2022: Children, Food and Nutrition. – New York: UNICEF, 2022. – 220 p.

Arnett D.K., Blumenthal R.S., Albert M.A., et al. 2019 ACC/AHA Guideline on the Primary Prevention of Cardiovascular Disease. // Journal of the American College of Cardiology. – 2021. – Vol. 74, No. 10. – P. 1376–1414.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Xudaynazarova С., Kuryazova Ш., & Ilhomova Х. (2025). BASHLANGICH MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA ORTIQCHA TANA OG’IRLIGIDA YURAK-QON TOMIRLAR TIZIMI HOLATI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 4(5), 1089–1092. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2025-4-5-1089-1092
Ko'rishlar soni: 0