KASALLIK FAOLLIGIGA QARAB, TIZIMLI BOSHLANGAN YUVENIL ARTRITLI BOLALARDA IMMUNOLOGIK PROFILNING XUSUSIYATLARI
Abstrakt
Dolzarbligi. Sistem boshlanuvchi yuvenil artriti (SBYA) yuvenil artritning alohida autoimmun yallig’lanish subtipi bo‘lib, tizimli yallig‘lanish va qo‘shimcha bo‘g‘im tashqi belgilari, jumladan isitma, toshma va gepatosplenomegaliya bilan xarakterlanadi. Kasallik yallig’lanish sitokinlari (IL-1β, IL-6, IL-18) ishlab chiqarilishining buzilishi bilan kechadi, bu esa kasallik og‘irligini belgilaydi va asoratlar xavfini oshiradi. An’anaviy yallig‘lanish markerlari, jumladan eritrotsitlarning cho‘kishi tezligi (ECHT) va C-reaktiv oqsil (CRO), ko‘pincha kasallik faoliyatini aniq baholash uchun yetarli darajada bo’lmaydi. Shuning uchun sitokin profillarini o‘rganish va ishonchli immunologik biomarkerlarni aniqlash bolalarda SBYAni o‘z vaqtida diagnostika qilish, kasallik faoliyatini ob’ektiv baholash va individual davolash strategiyasini optimallashtirishda ayniqsa dolzarbdir, bu esa klinik natijalarni yaxshilash va kasallik prognozini aniqlashga yordam beradi. Tadqiqot maqsadi. Sistem boshlanuvchi yuvenil artriti (SBYA) bo‘lgan bemorlarda kasallik faoliyatiga qarab yuvyenil artritning kechish xususiyatlarini o‘rganish. Material va metodlar. Prospektiv kogort tadqiqoti 74 ta bolalardan iborat bo’lib (shulardan 44 tasi SBYA bilan) va 2021–2023 yillarda o‘tkazilgan. Diagnostika Xalqaro revmatologik assotsiatsiyalar ligasi (ILAR, 2001) mezonlariga muvofiq qo’yilgan. Immunologik tadqiqotlar yallig’lanish sitokinlari (IL-1, IL-6, IL-18, TNF-α) RANDOX biochip texnologiyasi yordamida, shuningdek, autoimmun markerlar (S-100, qondagi ferritin) ELISA usuli bilan Multiskan FS qurilmada RIPIATM klinik-laboratoriya bo‘limida amalga oshirilgan. Kasallik aktivligi Juvenile Arthritis Disease Activity Score 27 (JADAS27) shkalasi yordamida baholangan. Statistik tahlil StatPlus v8.0.3 va Microsoft Excel dasturlarida o‘tkazilgan; korrelyatsiyalar Spirmanning rang korrelyatsiya koeffitsienti bilan baholangan, farqlar p<0,05 da statistik jihatdan ahamiyatli hisoblangan. Natija. Olingan ma’lumotlar IL-1 va IL-6 o‘rtasida kuchli musbat korrelyatsiyani (rs = 0,89; p = 0,0000), IL-1 va S-100 o‘rtasida o‘rta darajadagi manfiy korrelyatsiyani (rs = –0,298; p = 0,59) va JADAS27 bilan zaif manfiy korrelyatsiyani (rs = –0,278; p = 0,067) ko‘rsatdi. IL-1 va TNF-α (rs = 0,15; p = 0,34) hamda IL-1 va ferritin (rs = 0,18; p = 0,24) o‘rtasida juda zaif musbat korrelyatsiya kuzatildi. Xulosa. SBYA yallig’lanish sitokinlari (IL-1, IL-6, IL-18) darajasi oshgan maxsus immunologik profil bilan xarakterlanadi, bu esa tizimli klinik belgilar va kasallik og‘irligini rivojlanishiga hissa qo‘shadi. IL-18 va ferritin darajalari o‘rtasidagi sezilarli musbat korrelyatsiya (rs = 0,46; p = 0,0019) ferritinning nafaqat yallig‘lanish ko‘rsatkichi, balki SBYA immunopatogenezida faol yallig’lanish mediator bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Petty RE, Southwood TR, Manners P, et al. International League of Associations for Rheumatology classification of juvenile idiopathic arthritis: second revision, Edmonton 2001. J Rheumatol 2004;31:390–2.
Wallace CA, Giannini EH, Huang B, Itert L, Ruperto N, et al. American College of Rheumatology Provisional Criteria for Defining Clinical Inactive Disease in Select Categories of Juvenile Idiopathic Arthritis. Arthritis Care & Research. 2015;63(7):929–936. DOI: 10.1002/acr.20497 DOI: https://doi.org/10.1002/acr.20497
Stella Amarachi Ihim, Sharafudeen Dahiru Abubakar, Zeineb Zian, 6 Takanori Sasaki, Mohammad Saffarioun, Shayan Maleknia, and Gholamreza Azizicorresponding author Front Immunol. 2022; 13: 919973. Published online 2022 Aug 11. doi: 10.3389/fimmu.2022.919973. DOI: https://doi.org/10.3389/fimmu.2022.919973
Yasin S, Fall N, Brown RA, Henderlight M, Canna SW, Girard-Guyonvarc’h C, et al. IL-18 as a biomarker linking systemic juvenile idiopathic arthritis and macrophage activation syndrome. Rheumatology (Oxford). 2020;59(2):361-366. doi: 10.1093/rheumatology/kez282.
van Loo G, Bertrand MJ (May 2023). "Death by TNF: a road to inflammation". NatureReviewsImmunology. 2023 (5): 289303. doi:10.1038/s41577-022-00792-3. DOI: https://doi.org/10.1038/s41577-022-00792-3
Croft M, Siegel RM (March 2017). "Beyond TNF: TNF superfamily cytokines as targets for the treatment of rheumatic diseases". Nature ReviewsRheumatology. 13 (4): 217233. doi:10.1038/nrrheum.2017.22. PMC 5486401. PMID 28275260. DOI: https://doi.org/10.1038/nrrheum.2017.22
Choi IY, Gerlag DM, Herenius MJ, Thurlings RM, Wijbrandts CA, Foell D, et al. MRP8/14 serum levels as a strong predictor of response to biological treatments in patients with rheumatoid arthritis. Ann Rheum Dis. 2015;74:499–505. doi: 10.1136/annrheumdis-2015-203923. DOI: https://doi.org/10.1136/annrheumdis-2013-203923
Yasin S., Vastert S.J., de Jager W. et al. IL‑18 as a biomarker linking systemic juvenile idiopathic arthritis and macrophage activation syndrome. Rheumatology. 2020. DOI: 10.1093/rheumatology/kez282 DOI: https://doi.org/10.1093/rheumatology/kez282
Put K., Van Gorp H., Vanden Berghe W. Tipping the balance between interleukin‑18 and interferon‑γ in autoinflammatory diseases. Rheumatology. 2015. DOI: 10.1093/rheumatology/keu508 DOI: https://doi.org/10.1093/rheumatology/keu508
Boom V., Schulert G.S., de Jesus A. et al. Evidence‑based diagnosis and treatment of macrophage activation syndrome complicating systemic juvenile idiopathic arthritis. Pediatric Rheumatology. 2015. DOI: 10.1186/s12969-015-0055-3 DOI: https://doi.org/10.1186/s12969-015-0055-3
Girard‑Guyonvarc’h C., Volteau M., Allantaz F. et al. The Role of Interleukin‑18/Interleukin‑18‑Binding Protein in Adult-Onset Still’s Disease and Systemic Juvenile Idiopathic Arthritis. Journal of Clinical Medicine. 2022. DOI: 10.3390/jcm11020430 DOI: https://doi.org/10.3390/jcm11020430
Souma K., Nozaki T., Koga T. Serum interleukin‑18 level as a possible early diagnostic biomarker in systemic juvenile idiopathic arthritis. International Journal of Rheumatic Diseases. 2023. DOI: 10.1111/1756-185X.14534 DOI: https://doi.org/10.1111/1756-185X.14534
Canna S.W., Grom A.A., de Jesus A. It is time for IL‑18–based trials in systemic juvenile idiopathic arthritis. Pediatric Rheumatology. 2023. DOI: 10.1186/s12969-023-00867-y DOI: https://doi.org/10.1186/s12969-023-00867-y
De Matteis A., Melki I., Hot A. Systemic juvenile idiopathic arthritis and adult-onset Still’s disease: a comprehensive review. Annals of the Rheumatic Diseases. 2024. DOI: 10.1136/ard-2024-266575
Brunner HI, Ruperto N, Tzaribachev N, et al.; Paediatric Rheumatology International Trials Organisation (PRINTO). Subcutaneous golimumab for children with active polyarticular-course juvenile idiopathic arthritis: results of a multicentre, double-blind, randomised-withdrawal trial. Annals of the Rheumatic Diseases. 2018;77(1):21–29. DOI: 10.1136/annrheumdis-2017-211008 DOI: https://doi.org/10.1136/annrheumdis-2016-210456
Bağlan E, et al. Retrospective evaluation of patients… Akt Rheumatol. 2022;47:152–157. DOI: 10.1055/a-1450-1436 DOI: https://doi.org/10.1055/a-1450-1436
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.